Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari
Bildirishnomaning zaruriy qismlari
Download 1.61 Mb.
|
фойдаланишга
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
1. Bildirishnoma yo’llagan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi. 2. Bildirishnomani tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda chiqish kelishigidagi familiyasi. 3. Matn sarlavhasi. 4. Hujjat turning nomi (bildirishnoma). 5. Bildirishnomaning matni (mazmuni). 6. Qancha varaqdan iboratligi ko’rsatilgan ilovalar ro’yxati (agar ilovalar bo’lsa). 7. Bildirishnomani tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bildirishnoma bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo’lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi). 8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo’yiladi). Yoqoridagilardan ko’rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumotnoma (spravka) lariga yaqin turadi. Farqi shundaki, ma’lumotnomalarda asosan talab qilingan, so'ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omilar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar chiqarilib, takliflar bildiriladi.Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa vatakliflari aniq- ravshan va ishonarli bo'lmog'i kerak. Shuning uchun ham bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalarni tasdiqlovchi, voqea-hodisalarga, qonunchilik ko'rsatmalariga, tegishli hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bayon etilgan masalani bevosita muassasa misolida o'rganish yoki sinab ko'rish natijasi borligi boshqa dalillarga havola qilinishi zarur. Bildirishnoma yozilishiga sabab bo'lgan dalillar, voqealar bayon qilinishi, ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq xatti-harakatlar haqidagi takliflar aks ettirilishi zarur. Bizningcha, bunday xatti-harakatlar bayon qilingan voqealar munosabati bilan yuqori idora yoki mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.Agar bildirishnomada bayon qilinayotgan ma'lumotlar aniq bir sana yoki vaqt oralig'iga taalluqli bo'lsa, xuddi ma’lumotnomadagidek, ushbu vaqt matndan alohida zaruriy qism sifatida ajratilib, matn oldidan joylashtiriladi. Masalan, «1997-yil 1-yanvardagi xolatga ko'ra» yoki «1999-yilning 1-yanvaridan 1-sentabrigacha bo'lgan davr uchun». Bu ma’lumotlarni matn sarlavhasiga qo'shib yuborish ham mumkin. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling