Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari
Download 1.61 Mb.
|
фойдаланишга
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashabbus bildirishnomasi
- Hisobot bildirishnomasi
B I L D I R I SH N O M A
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan bog'liq muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabar berish zarurati tug'ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan m asalalar bo'yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari aks etadi. Kimga yo'llanishiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi.Ichki bildirishnoma rahbar shaxs yoki bo'lim boshlig'i nomiga yoziladi. U toza qog'ozga qo'lda, mashinkada yoki kompyuter yordamida yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi.Tashqi bildirishnoma, ya’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog'oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o'zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi. Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayoq o'z aksini topadi. Tashabbus bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydi (masalan, Nizomiy nomidagi pedagogika universitetida mukofotlash to‘g‘risidagi nizomning buzilganligi haqida). Axborot bildirishnomasi, odatda, umumiy holati rahbarga ma’lum bo'lgan muayyan jarayon to'g'risida xabar beradi. Masalan, Chinoz tumani Navoiy nomidagi fermer xo‘jaligida chigit ekishning borishi (1999-yil 10-apreldagi xolati) haqida. Hisobot bildirishnomasi ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko'rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to'g'risida rahbarni xabardor qilishga qaratilgan bo'ladi (masalan, O'zR Fanlar akademiyasi Tarix institutida yangi topilgan qo'lyozmalarni o'rganish ish larining borishi haqida). Muayyan vazifa yoki majburiyatlarning bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomas amaliyotda raport ham deyiladi. Asli fransuzcha bo’lib, rus tili orqali ona tilimizga o’zlashgan mazkur so’zning muqobili sifatida “BILDIRISH” atamasini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling