FARMOYISH
Farmoyish – muassasa ma’muriyati (boshliq, uning muovinlari) tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo‘lib, ular biror-bir bo‘lim, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi.
Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi rekvizitlardan tarkib topadi, faqat uning asos qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “ТALAB QILAMAN”, “ТAVSIYA QILAMAN”, “RUХSAТ BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi
Topshiriq:
Buyruq matnini tuzishda qo‘llanadigan so‘z va so‘z birikmalarni “Klaster” usuli orqali aks ettiring.
Vazifa:
1. Buyruq shakli asosida buyruq matni yozing.
2. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘yib, jumlalarni to‘ldiring va ular ishtirokida gaplar tuzing. Bunday jumlalar qo‘llanadigan buyruqlarga misollar keltiring.
(...) ga muvofiq tasdiqlansin, (...) ning doimiy hisobi olib borilishi ta’minlansin, (...) yuzasidan nazorat kuchaytirilsin, (...) ga yuborilsin, (...) zimmasiga yuklatilsin, (...) dan amaliyotga kiritilsin, (...) ga qat’iy rioya qilinsin, (...) ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Quyidagi mazmundagi buyruqlarning farmoyish qismini tayyorlang:
1) talabalar guruhini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan birida o‘tkazilayotgan konferensiyada ishtirok etish uchun yuborish; 2) barcha fakultetlarda yangi normativ hujjatlarning o‘rganilishi va tatbiq etilishini ta’minlash; 3) oliy ta’lim muassasasida uzoq yillar ishlagan xodimni bayram munosabati bilan taqdirlash.
Tavsiya etiladigan asosiy adabiyotlar:
1.Muhiddinova X., Salisheva Z., Po`latova X. O`zbek tili (oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O`qituvchi, 2012. – 288 b.
2.Normatova Sh., Abdurahmonova M. O`zbek tili (darslik). – Toshkent: JIDU, 2014. – 192 b.
3.Fayzullayeva Sh., Azimova H., Usmonova G. O`zbek tili (oily o`quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yo`nalishlari talabalari uchun o`quv qo`llanma). – Toshkent: Iqtisodiyot, 2012. – 108 b.
4.Husanov N., Xo`jaqulova R., Dilmurodova N. O`zbek tili (o`quv qo`llanma). – Toshkent: TMI, 2017. – 336 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |