Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar


Download 389.03 Kb.
bet107/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128
Bog'liq
MA

2. Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar
G‘oyaviy yo‘nalganlik - uslubiy ishlar zamon talablariga hamnafas chuqur g‘oyaviylikka ega bo‘lishi kerak.
Mustaqil O‘zbekiston respublikasining kelajagi buyuk davlat ekanligini o‘g‘il-qizlarimiz ongiga singdirish, tarbiya asosida milliy mustaqillik g‘oyalari bilan sug‘orilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Buning uchun yoshlar bilan ishlayotgan pedagoglar, muhandis-pedagoglar, tarbiyachilar bilan olib boriladigan metodik ishlarning mazmuni ham davr va istiqbol talablari darajasida bo‘lishi muhimdir.

  1. Ilmiylik - uslubiy ishlarni ilmiy g‘oyalar, nazariyalarga tayangan holda olib borishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun pedagoglar, muhandis-pedagoglar, tarbiyachilar yoshlarning psixologiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasini, o‘qitadigan o‘quv predmeti mazmunini, ta’lim-tarbiya nazariyasini, qonuniyatlarini, prinsiplarini, tashkil etish shakllarini,amalga oshirish metod va vositalarini mukammal bilishi zarur. Ular kasbiy pedagogik mahoratlarini oshirishlari uchun muntazam ravishda o‘z ustida mustaqil ishlab, ijod qilishi darkor.

  2. Maqsadga muvofiqlik va tizimlilik - dolzarb pedagogik muammolarning maqbul yechimlarini topishni rejalashtirishda shart-sharoit, imkoniyat, talablar muvofiqligini ta’minlash va amalga oshirish tizimini yaratishda o‘z ifodasini topadi.

  3. Ijodiylik va mustaqillik - kollej rahbariyati har bir muhandis-pedagog, tarbiyachilarning o‘z qobiliyati va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratib, ko‘mak berishlarini ko‘zda tutadi. Chunki uslubiy ishlar ijodkorlik, faollik, novatorlikka asoslangandagina ko‘zlangan natijalarni beradi.

  4. Ta’sirchanlik va oshkoralik - uslubiy ishlarning ta’sirchanligi eng avvalo, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish sifati bilan aniqlanadi. Agar o‘quvchilarda shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalari sifati hamda darajasida ijobiy siljishlar bo‘lmasa, uslubiy ishlarning samarasi past hisoblanadi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. Shuning uchun uslubiy ishlarning ta’sirchanligi ko‘p jihatdan rejalashtirilishiga, rejalarining aniqligiga, amalga oshirilgan ishlarning hajmiga va boshqa omillarga bog‘liq. Shuningdek, kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni tashkil etish va boshqarishda oshkoralikka e’tiborni qaratish zarur, bunda har bir xodim mehnatining natijalarini o‘z vaqtida xolisona ko‘rsatish, rag‘batlantirish, tanqid qilishni meyorida amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Odatda uslubiy ishlar malum aniq rejaga binoan bajariladi. Bu holat ayrim ishlarni bir necha marta takrorlanishini bartaraf etib, pedagoglar orasida ishlarni maqbul taqsimlanishini ham taminlaydi.
Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni tashkil etib o‘tkazish uchun odatda haftaning aniq bir kuni ajratiladi. Misol uchun kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar uchun haftaning chorshanba kuni ajratilsa, har chorshanba kunlari jamoaviy uslubiy ishlarning aniq bir ko‘rinishi muntazam ravishda o‘tkazilishiga imkon beradi: masalan, har oyning birinchi chorshanba kunlari ilmiy pedagogik kengash, ikkinchi chorshanba kunlari uslubiy kengashlarning yig‘ilishlari, uchinchisida pedagog va muhandis-pedagoglarning malakasini oshirish kabilar rejalashtirilishi mumkin. Uslubiy ishlar rejalashtirilgan kunga kasb-hunar kollejida boshqa hech qanday tadbir rejalashtirilmaydi. Kasb-hunar kollejlarida o‘quv yilining istalgan birinchi yoki ikkinchi yarim yilligi uchun mo‘ljallab tuzilgan uslubiy ishlarning umumiy rejasida: ilmiy-pedagogik kengash, uslubiy kengash, seminar-praktikumlar, ochiq darslar, pedagogik o‘qishlar, ilg‘or pedagogik tajriba maktablari kabilar o‘z ifodasini topadi.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling