Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari
O‘zbekistonda TASIS loyihasining faoliyati
Download 389.03 Kb.
|
MA
3.O‘zbekistonda TASIS loyihasining faoliyati
O‘zbekistonda TASIS loyihasi doirasida ikki yil davomida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘mak beruvchi loyiha amalga oshirildi. Uning asosiy komponentlaridan biri ijtimoiy hamkorlikni o‘quv muassasasi darajasida ham, mintaqaviy, milliy darajada ham rivojlantirish edi. O‘tish davrining hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida ijtimoiy hamkorlik tizimining shakllantirilishi ancha uzoq davom etuvchi va murakkab jarayon bo‘lib, u bir qator obektiv va subektiv sabablarga: iqtisodiyotning holatiga, ijtimoiy vaziyatga, mintaqaviy organlarning unga qo‘shilish uchun tayyorgarligi, shuningdek, kasb- hunar kollejlari rahbarlarining irodasi, istagi va imkoniyatlariga bog‘liq. Har bir muayyan vaziyatda ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlanishi uchun ko‘proq yoki kamroq qulay bo‘lgan holat yuzaga kelishi mumkin. Mazkur sohada amalga oshirilayotgan ko‘plab loyihalar o‘zlarining asosiy natijalari sifatida kasb- hunar kollejlariga ish beruvchilar va boshqa sheriklar bilan o‘zi tashabbuslari asosida aloqalarni yo‘lga qo‘yishga oid tavsiyalarni taklif qilayaptilar. Bunda o‘z foaliyatini bosqichma-bosqich amalga oshirish taklif qilinayapti. Jumladan, quyidagi bosqichlar ajratib ko‘rsatilmoqda va kasb- hunar kollejlariga quyidagi tavsiyalar berilyapti: I. Tayyorgarlik bosqichining maqsadi-mehnat bozori bilan o‘zaro birgalikda faoliyatning yangi turlarining zarurligini anglab yetish, o‘z salohiyatini baholash, ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlarini tushinib yetish. Mazkur bosqichda kasb-hunar kollejining jamoasi quyidagi savollarga javob berishi zarur: ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlantirish orqali kasb-hunar kollejining qanday muammolarini hal etish mumkin? ushbu o‘quv muassasasi uchun kimlar asosiy sherik bo‘la olishi mumkin? kasb-hunar kollejining amaldagi salohiyati hamkorlikka nima bera oladi? Barcha savollarga javob berish uchun amaldagi salohiyatni aniqlash lozim. Misol uchun, o‘quv muassasasi qaysi soha uchun mutaxassis tayyorlasa, iqtisodiyotning o‘sha sektorini tadqiq etish, qanday korxonalar, tashkilotlar, kasaba uyushmalarining assosiasiyalari bu sohaning vakillari hisoblanishi, ushbu sektor mintaqa rivojlanishning strategik rejasida qanday o‘rin tutishi, qanday salohiyatga ega ekanligini o‘rganish lozim. Ta’lim xizmatlari bozorining tegishli segmentida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlar ham tahlil uchun muhim baza bo‘la oladi. Kasb-hunar ta’limining turli darajalarda mavjud kasb-hunar ta’limi standartlari va malakaviy tavsifnomalar haqida to‘liq axborotga ega bo‘lishga intilish zarur. Ammo birinchi bosqichning eng muhim vazifasi kasb-hunar kolleji butun jamoasining ijtimoiy sheriklarning turli toifalari bilan hamkorlikning barqaror tizimini shakllantirish bo‘yicha murakkab va mashaqqatli ishni bajarish zarurligiga bo‘lgan yuksak motivasiyasiga erishishdir. Bu jarayon qaror topgan psixologik qoliplarning sindirilishi bilan tavsiflanadi. II. Tashkiliy bosqichning maqsadi - ijtimoiy sheriklar bilan barqaror aloqalarni o‘rnatishdir. Uning doirasida hamkorlik haqidagi shartnomalar tayyorlanadi, ijtimoiy sheriklarning turli toifalari bilan hamkorlik texnologiyasi ishlab chiqiladi. Shu tariqa ijtimoiy hamkorlikning kelajakdagi tizimi tashkil etuvchilari shakllantiriladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kasb-hunar kollejlari hamma vaqt ham ish beruvchilar bilan muvaffaqiyatli aloqalar o‘rnatishga erisha olmaydilar. Bu hol obektiv va subektiv sabablar tufayli ham yuz beradi. Juda ko‘p hollarda bu o‘zaro manfaatlarning mavjud emasligi, ammo undan ham ko‘proq-muayyan kommunikasiya ko‘nikmalarining yo‘qligi, kasb-hunar kollejlari vakilining muzokaralar jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olmasligi, uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra olmasligi tufayli o‘zaro manfaatlarni topishga no‘noqlik qilishidir. Shu sababli har bir ijtimoiy hamkorga qilinadigan tashrifga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim II-bosqichning eng muhim yo‘nalishlaridan biri mehnat bozorini baholashdir. Kasb- hunar kollejlarining vakillari ushbu faoliyatni turli axborot manbalaridan, shu jumladan, davlat va idora statistikasidan, (Davlat statistika qo‘mitasi, bandlik xizmati, ta’lim boshqaruvi organining statistika bo‘limi va boshqalar), tadqiqot markazlarining sharhlari va materiallaridan, o‘z tadqiqotlari va so‘rovlari natijalaridan foydalangan holda amalga oshirishlari lozim. Ish beruvchilarning malakaviy talablarini, bitiruvchilarning bilim va malakalarining mehnat bozori ehtiyojlariga mos kelishi darajasini baholashni kasb-hunar kolleji eng oddiy ijtimoiy usullar va metodlardan foydalanib (anketa tarqatish, intervyu olish) o‘tkazishi mumkin. Bunday holda tahlil obektlari (so‘raluvchilar) quyidagilar bo‘ladi: ish beruvchilar-tarmoq korxonalarining tipik vakillari (mutaxassis ega bo‘lishi talab qilingan bilim, malaka va shaxsiy fazilatlarning ro‘yxatini aniqlash va tuzish uchun): ish beruvchilar, o‘quvchilar amaliyot o‘tayotgan ishlab chiqarish obektlari xodimlari (muassasada olinayotgan malaka va ko‘nikmalarning ish beruvchilarning aniq-ravshan talablariga mos kelishini baholash uchun): amaliyot o‘tayotgan o‘quvchilar (o‘quvchilarning mehnat funsiyalarini bajarishga tayyorlik darajasini aniqlash uchun); ta’lim muassasalarining bitiruvchilari (kasb-hunar tayyorgarligining sifatini, uning mehnat bozori talablariga muvofiqligini aniqlash uchun); o‘qituvchilar (mutaxassislar tayyorlash darajasini qo‘shimcha ravishda baholash uchun). Ijtimoiy hamkorlik tizimini shakllantirishning II-bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirish, odatda, quyidagi natijalarni beradi: ijtimoiy hamkorlarning turli toifalari bilan imzolangan hamkorlik haqidagi shartnomalar, o‘quvchilarning amaliyotni o‘tashlari haqida bitiruvchilarning ishga joylashishlari haqida, o‘quv-uslubiy hujjatlar ekspertizasi haqida, uzluksiz ta’lim haqida, pedagogik kadrlar stajirovkasi va boshqalar haqida. mehnat bozoridagi ahvol, uning miqdoriy va sifat ko‘rsatgichlari, qiziqtirayotgan kasblar bo‘yicha malakaviy talabning tuzilmasi haqidagi statistik va tahliliy materiallar. II-bosqichning asosiy yakuni ijtimoiy hamkorlikning bo‘lajak tizimining asosiy tuzilma hosil qiluvchi tarkibiy qismlarini ajratib olish lozim. III. Tizim hosil qiluvchi bosqichning maqsadi - ijtimoiy hamkorlikning mavjud va yaratilayotgan ayrim tarkibiy qismlarini tizimga birlashtirishdir. Sheriklar bilan o‘zaro hamkorlik doimiy va barqaror bo‘lib qoladi. Ish beruvchilar bilan aloqalarni saqlash va olib borish ta’lim muassasasi xodimlarining eng muhim funksional majburiyatlari sirasiga kiradi. Buning uchun mansab yo‘riqnomalariga aniqliklar kiritiladi, ijtimoiy hamkorlik bo‘yicha tadbirlar kasb-hunar kollejining ish rejasiga kiritiladi. Ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ijtimoiy hamkorlikning tashkiliy tuzilmalarini–mazkur jarayonning barcha ishtirokchilarini birlashtiruvchi, ular orasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kengashlarni shakllantirishdan iboratdir. Kasb-hunar kollejlari, ishlab chiqarish korxonalari, kasaba uyushmalari, ta’limning boshqaruvi organlari, bandlik xizmati vakillarini o‘z ichiga oluvchi Maslahat Kengashlari bunga misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kengashlar ishini tartibga soluvchi hujjatlar (qoidalar, nizomlar) tayyorlanadi va tasdiqlanadi, uning barcha a’zolarining manfaatlarini hisobga oluvchi ish tartibi belgilanadi (masalan, o‘quv rejalarining ishlab chiqarish korxonalari vakillari bilan kelishilgan holda tuzilishi, o‘qituvchilar va o‘quvchilar stajirovkasi rejalari). Shunday qilib, ijtimoiy hamkorlik tizimi shakllanishining III-bosqichida kasb-hunar kollejining barcha manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro hamkorligi texnologik darajaga olib chiqiladi. O‘quv muassasasi darajasida ijtimoiy hamkorlik texnologiyalari shakllantiriladi. So‘nggi bosqichda erishilgan natijalar doimiy ravishda mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi, chunki ko‘p sonli ijtimoiy-iqtisodiy omillar hali mazkur tizimning barqarorligiga xizmat qilmaydi. Ijtimoiy hamkorlikning meyoriy bazasining mavjud emasligi esa ijtimoiy rivojlanishni boshqarishdagi subektiv asoslarga bog‘liq qilib qo‘yadi. Kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlar bilan ishining samaradorligi va natija berishi eng avvalo, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat bo‘lgan o‘z manfaatlarini amalga oshirish darajasi bilan belgilanadi. Bugungi kunda kasb-hunar kollejining asosiy ijtimoiy vazifasi mehnat bozrida talab qilingan bitiruvchilarni tayyorlashdir. Demak, kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlar bilan olib borayotgan ishining samaradorligini faqat ana shu ish boshlangan vaqtdan keyin muayyan davr o‘tgandan so‘ng, aniqrog‘i o‘quv muassasasida shakllangan ijtimoiy hamkorlik tizimi sharoitlarida ta’lim olgan bitiruvchilar mehnat bozriga chiqib, muayyan muddat ishlaganidan so‘ng baholash mumkin. Shu sababli boshlang‘ich bosqichda faqat mazkur yo‘nalishdagi oraliq natijalar haqida gapirish mumkin. Kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlik sohasidagi ishning natijasi va samaradorligining indiktorlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar xizmat qilishi mumkin: bitiruvchilarning mehnat bozorida talab qilinishi. Ishga joylashishning aniq-ravshan foizlari haqida gapirishi ancha qiyin, chunki mehnat bozoridagi vaziyat juda o‘zgaruvchan va ko‘p omillarga bog‘liq. Shunga qaramay, masalan, ta’lim muassasasining yangi sheriklik aloqalari o‘rnatishi bo‘yicha ish boshlangan paytidan boshlab o‘tgan davr mabaynida bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlari dinamikasi bo‘yicha ijtimoiy hamkorlikning mutaxassislar tayyorlash sifatiga ta’siriga qandaydir baholar berish mumkin; kasb-hunar kollejining ta’lim xizmatlari bozorida talab qilinishi va sh.k. Ijtimoiy hamkorlik tizimi ishining samaradorligiga mazkur o‘quv muassasasi ishlayotgan ta’lim xizmatlari bozori segmentining kengayib borayotganligiga qarab baho berish mumkin. Bu o‘rinda so‘z o‘quvchilar kontingentining ko‘payishi, qo‘shimcha tarzda turli toifadagi tinglovchilarning-talabalar va o‘quvchilardan tortib ishsizlargacha va kasb-hunar bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tishga intilayotgan aholigacha jalb etish haqida boradi. Tabiiyki, turli ta’lim dasturlari milliy va mitaqaviy ta’lim muassasa va bandlik xizmatlari byudjetlaridan tortib to fuqarolarning shaxsiy mablag‘larigacha turli moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lishlari mumkin. Har xil turdagi ta’lim xizmatlarini amalga oshirish hisobiga byujetdan tashqari moliyalashtirishning amalga oshirilishi. Turli toifadagi ijtimoiy hamkorlarning vakillari bilan shartnomalarning mavjudligi kasb-hunar kolleji ishining samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri sifatida xizmat qilishi mumkin. Tabiiyki, shartnomaviy munosabatlar amaliy xususiyatini baholash mumkin bo‘lishi uchun bunday ko‘rsatkich boshqa indikatorlar bilan bir majmuada qaralishi lozim. Bunday shartnomalarga quyidagi bitimlar kiradi: o‘quvchilarga amaliy bilim berish; o‘quv muassasasi xodimlarining ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishi; bitiruvchilarni ishga joylashtirilishi; o‘quv-uslubiy va o‘quv-tarbiyaviy ishlar sohasida hamkorlik; ijtimoiy hamkorlar ishtirokida o‘qituvchilar attestasiyasi; uzluksiz ta’lim va hakozo. Kasb-hunar kollejining hisobot-rejalashtirish va meyoriy xujjatlarida ijtimoiy hamkorlik bo‘yicha tadbirlarning mavjudligi. Agar kasb-hunar kollejida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar hujjatlarda qayd etib qo‘yilsa, bu yo‘nalishdagi faoliyat ancha tezroq boradi. Aks holda mehnat bozorini baholash, o‘qituvchilar stajirovkasini tashkil etish, ishlab chiqarish korxonalari vakillarining attestasiyaning har xil turlarida ishtirok etishi va boshqalar oddiy istaklarga aylanib qolishi yoki izchil xususiyatga ega bo‘lmay tarqoq lavhalar tarzida amalga oshirilishi mumkin. Download 389.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling