Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish


Download 389.03 Kb.
bet113/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   128
Bog'liq
MA

Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Reja:
1. Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy muloqot, ijtimoiy hamkorlik tushunchasi.
2. Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari.
3.O‘zbekistonda TASIS loyihasining faoliyati.
4. Kasb-hunar kolleji tomonidan ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikning turli shakllarini amalga oshirish ahamiyati.


Tayanch so’z va iboralar: ijtimoiy muloqot, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy sheriklik.


1. Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy muloqot, ijtimoiy hamkorlik tushunchasi
Ijtimoiy hamkorlik – deganda jamiyat yoki malum ommaning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga oid faoliyat bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda bir-biriga ko‘mak berish tushiniladi. Ijtimoiy muloqot ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirishning asosiy mexanizmi hisoblanib, u ijtimoiy, iqtisodiy, manaviy-marifiy, texnik- texnologik va shu kabi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Hayotiy tajribalar va tahlillarimiz ijtimoiy hamkorlik bevosita kasb-hunar ta’limi sohasi uchun ham xos xususiyat ekanligidan dalolat bermoqda. Bu holat bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada yorqinroq namoyon bo‘lib, hamkorlikni teng huquqliligi, manfaatdorligi asosida amalga oshiriladi. Manfaatlarni muvofiqlashtirshda eng avval moddiy rag‘bat sifatida ish haqi, tomonlar kelishishi, shart-sharoit, tomonlar burchi va huquqlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan ishlab chiqiladi va u ish beruvchilar va kasb-hunar kollejlari bilan cheklanib qolmasdan, boshqa ko‘plab tomonlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Chunki tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi: yuqori malakaliligi, keng ixtisosligi, yangi shart-sharoitga tez fursatlarda moslashishi, mustaqilligi, ishbilarmonliligi, faolligi, ijodkorligi kabilar bozor munosabatlari sharoitida mutaxassisni ijtimoiy himoyalash omillari sifatida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Demak, yuqorida sanab ko‘rsatilgan xislatlar kasbiy tayyorgarlik ko‘rish jarayonida shakllanishi zarur. Bunga faqat davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ bilan to‘liq erishish imkoniyati mavjud emasligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Shuning uchun ham mustaqil respublikamizda kechayotgan tub o‘zgarish va bozor munosabatlari bilan uyg‘un (mos, mushtarak, adekvat) likni ta’min etuvchi ijtimoiy hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish hamda amalga joriy etish zaruriyatini taqozo etmoqda.
Ishlab chiqarishning mutaxassis kadrlarga qo‘ygan talablari shubhasiz kasb-hunar ta’limida asosiy mo‘ljal (maqsad va vazifa) bo‘lib xizmat qiladi. Bu jarayonda bevosita inson omilini ishtirok etishi o‘z navbatida ijtimoiy muloqot, munosabat va o‘zaro kelishuvni talab etadi.

Ishlab chiqarish korxonalarining kasb-hunar kollejlari faoliyatidagi o‘rni kerakli materiallar, uskunalar, dastgohlar bilan ta’minlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish kabi o‘ta muhim muammolar bevosita bog‘liq bo‘lganligi bois bugungi kunda aksariyat ishlab chiqarish korxonalari iqtisodiy sabablarni bahona qilib, hamkorlikda ishtirok etmayaptilar. Hamkorlik kichik korxonalar kesimida deyarli mavjud emas. Mavjud holat “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini ham bajarilishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy holdir. Shuning uchun ham kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda oliy va o‘rta maxsus ta’limi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, ularning joylardagi organlari, bandlik masalalari bo‘yicha xizmatlar, ish beruvchilar, hokimlik, kasaba uyushmalari , fuqarolarnig o‘z-o‘zini boshqarish organlari (mahalla) kabilarni bu ishga jalb etish vaqti allaqachon yetgan. Bu hamkorlikni ta’min etish bilan kasb-hunar ta’limining nufuzi ko‘tarilib, mavqei ham mustahkamlanishi mumkin.


Tahlillarimiz natijasi kasbiy ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda quyidagilar o‘ziga xos to‘siq bo‘layotganligidan darak bermoqda:

  • kasb-hunar ta’limi sohasidagi boshqaruv va pedagog kadrlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida tashabbus bilan faoliyat ko‘rsatishga tayyor emasliklari;

  • korxonalarning mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonidagi ishtirokining keskin pasayib ketishi;

  • ish beruvchilarning yuqori malakali kichik mutaxassis kadrlar tayyorlashdan manfaatdorligini rivojlantirish uchun huquqiy meyoriy asoslar ishlab chiqilmaganligi;

  • mehnatkashlarning huquqlarini va shu jumladan, ularning ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda kasb-hunar ta’limini olish hamda malaka oshirish huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari mavqeining zaifligi;

  • yoshlar va aholining kasb-hunar ta’limidan manfaatdor bo‘lgan boshqa guruhlarining muammolari bilan shug‘ullanuvchi fuqarolik jamiyatining ko‘ngilli tashkilotlarini tuzish va faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha tajribalarning yetarli darajada emasligi;

  • mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlari funksiyalari va moddiy imkoniyatlarining cheklanganligi kabilar.

Yuqorida zikr etilgan va boshqa muammolarni hal etish uchun ma’lum ishlar amalga oshirilayotganligi va rejalashtirilayotganligini qayd etish zarur.
Hamkorlar orasida muloqat yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligiga eng avvalo rahbarlarning hissasi katta.
Kasb-hunar ta’limi sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy hamkorlik ishlarini shartli ravishda quyidagicha ikki guruhga ya’ni shartnomaviy va tashkiliy guruhlarga bo‘lish mumkin.
Shartnomaviy shakl ikki va undan ortiq, yani ko‘p tomonlarning o‘zaro manfaatdorlik asosidagi hamkorligining barcha turlarini qamrab oladi, tashkiliy shakllar esa qo‘shimcha organlar – maslahat kengashlari va boshqalarni tashkil etish orqali faoliyat ko‘rsatadi.
Kasb-hunar kollejlarining shartnomalardan foydalanishi avvaldan ma’lum, biroq, so‘nggi paytlarda ularning mavzu doirasi juda kengayib ketdi. Ilgari bunday shartnomalarning obektlari quyidagilar sanalar edi:

  • o‘quvchilarning ishlab chiqarish ta’limi va amaliyotini tashkil etish;

  • o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar stajirovkasi va ularning malakasini oshirish;

  • tanlovlar va ko‘rgazmalarni birgalikda tashkil etish;

  • korxonalarga axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;

  • marketing xizmatlarini ko‘rsatish;

  • pudrat shartnomalari bo‘yicha ishlar bajarish;

  • ilmiy tadqiqot va texnik-texnologik ishlarni amalga oshirish.

Hamkorlikning tashkiliy shakllari ijtimoiy hamkorlar bilan o‘zaro birgalikda faoliyat ko‘rsatishning ancha yuqori darajasi hisoblanadi. Ular maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan va ustav hujjatlariga hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan boshqa tartibga soluvchi hujjatlarga asoslanib harakat qiluvchi tashkiliy tuzilmalarni yaratishni taqozo etadi. Odatda bular ta’lim muassasalaridan_tashqari ta’limning boshqaruv organlarini, bandlik xizmati, ish beruvchilar, kasaba uyushmalarini o‘z ichiga oluvchi kengashlar (maslahat kasb-hunar vasiylik) va boshqalardir.
Kengashlar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini shartli ravishda ikki kesimda guruhga ajratish mumkin: maslahat va vasiylik. Shunga muvofiq ravishda ijtimoiy hamkorlik tashkiliy tuzilmalarining asosiy turlari deb maslahat va vasiylik kengashlarini ko‘rsatish mumkin.
Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlikning rivojlanishiga xalaqit berayotgan yoki uning rivojlanishiga xizmat qilmaydigan muammolarni ham shartli ravishda quyidagi ikkita guruhga bo‘lish mumkin: tashqi shart-sharoit bilan bog‘liq muammolar va ta’lim muassasasining ichki muammolari. Muammolarning birinchi guruhi tashqi muhit omillarining ta’siri natijasida vujudga keladi va ulardan ta’lim muassasasi uchun belgilovchi ahamiyatga ega omil kasb-hunar ta’limi sohasida davlat tomonidan milliy va mintaqaviy darajalarda o‘tkazilayotgan siyosatdir.
Tashqi omillarning ta’siri obektiv bo‘lib, ta’lim muassasalari tomonidan tartibga soluvchi ta’sirga juda oz bo‘ysunadi.
Ijtimoiy hamkorlikni tashkil etishning ichki omillari jumlasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim muassasasining o‘ziga, uning ta’lim xizmatlari bozorida o‘zining yangi mavqeini anglab yetishga va qabul qilishga, eng avvalo, kasb-hunar ta’limi rivojining mehnat bozori talablarini qondirishga qaratilgan yangi paradigmasini qabul qilishga, ikki yoqlama va ko‘p yoqlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish ijtimoiy hamkorlikning tashkiliy tuzilmalarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etishga tayyor ekanligiga bog‘liq.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling