Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari
Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari
Download 389.03 Kb.
|
MA
2. Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari
ish beruvchilar; xodimlarning birlashmalari (kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari); davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan bandlik xizmati. O‘quv muassasasi darajasida ushbu ro‘yxat ta’lim xizmatlari bozorining subektlari hisobiga to‘ldiriladi. YA’ni, biz faqat ishlab chiqarish korxonalarini va mehnat bozorini tartibga soluvchi institutlarnigina emas, balki boshqa ta’lim muassasalarini, shu jumladan, ta’limning boshqaruv organlarini ham kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlari sifatida qarashimiz kerak. Shu tariqa, ta’lim muassasasi darajasida ijtimoiy hamkorlarning ikki toifasi, ikki turi haqida gapirish mumkin: mehnat bozori vakillari va ta’lim xizmatlari bozorining vakillari. Bunday bo‘linish prinsipal xususiyatga ega bo‘lib, faqat o‘zaro hamkorlikning xususiyati va usuligina emas, balki ana shu hamkorlik davomida amalga oshiriluvchi manfaatlar tizimi ham turlanish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. An’naviy ravishda ish beruvchilar har doim kasb-hunar kollejining asosiy hamkori sifatida qaralgan, chunki ular o‘quv muassasasi «mahsuloti» ning asosiy iste’molchilari hisoblanadi va ta’lim muassasasining rivojlanish istiqboli ko‘p jihatdan ularga bog‘liq. So‘nggi paytlarda mehnat bozorida paydo bo‘layotgan ishlab chiqarish korxonalarining turli–tumanligi ijtimoiy hamkorlik tizimini yaratish bo‘yicha ish boshlayotgan kasb-hunar kollejining vazifasini murakkablashtiradi. Ish beruvchilar bilan ishni rejalashtirishda faqat korxonaning mulkchilik shaklini, uning mehnat bozoridagi o‘rnini emas, balki mazkur korxona ishlayotgan iqtisodiyot sektorining o‘zini ham rivojlanish istiqbollarini hisobga olishi zarur. Faqat ushbu muammoning muhimligini tushunganlargina bu borada faollikni to‘xtatmadilar, aksincha o‘zlarining ta’lim tuzilmalarini, o‘quv markazlarini tashkil etib, o‘z xodimlarini kurslarga, stajirovkalarga yuborib, kadrlar tayyorlashni jadallashtirdilar. Ta’lim boshqaruvi davlat organlari standartlar ishlab chiqish orqali kasb-hunar ta’limini rivojlantirish siyosatini belgilaydi va o‘quv muassasasi rioya qilishi lozim bo‘lgan qoida hamda meyorlarni aniqlaydi. Davlatning kasb-hunar kollejlari oldiga qo‘yadigan asosiy talabi-bu standartni bajarish va ta’lim xizmatlari sifatini ta’minlashdir. Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikning bo‘lmasligi kasb-hunar kollejining faoliyat ko‘rsatishida uzilishga sabab bo‘ladi, mehnat bozorida ham, ta’lim xizmatlari bozorida ham uning mavqeini zaiflashtiradi. O‘z navbatida davlat boshqaruvi organlarining kasb- hunar kollejlari bilan hamkorlik tizimida ishlashining yangi sharoitlari ularga ta’lim xizmatlari bozorining asosiy hamkorlari faoliyatini muvofiqlashtirish, kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va tashkil etishi bo‘yicha alohida mas’uliyat yuklaydi. Bandlik xizmati bilan hamkorlikning ijobiy tajribasi mehnat bozorini birgalikda o‘rganish va tahlil qilish, korxonalarning ehtiyojlarini taxmin qilish hamda ishsizlarni qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining bazalaridan foydalanishdan iboratdir. Ta’lim muassasalari bilan bandlik xizmati, mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan ularning yangi sharoitlarda ta’lim muassasalari ishining sifatiga ishonchining yo‘qolishiga, kasb-hunar ta’limi tizimining obro‘sining tushib ketishiga asoslangan ziddiyatlar kasb-hunar ta’limining bundan keyingi taraqqiyoti ko‘p jihatdan ularga bog‘liq bo‘lgan eng asosiy hamkorlar o‘rtasida muloqotning yo‘qligidan dalolat beradi. Mehnat bozorining subektlari bo‘lgan jamoat tashkilotlariga tadbirkorlarning assosiasiyalarini turli korxonalarni va kasaba uyushmalarini birlashtiruvchi birlashmalarini kiritish mumkin. Afsuski, ijtimoiy hamkorlarning ushbu toifasi hozircha ta’lim siyosatini shakllantirishda faollik ko‘rsatmayapti. Sheriklarning ushbu toifasi bilan hamkorlikni rivojlantirish jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni yumshatishga, ularning kasb-hunar ta’limini tashkil etishidagi mas’uliyatini oshirishga, kasb-hunar ta’limiga oid qonunchilik jarayonlariga ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilgan bo‘lar edi. Jadal rivojlanayotgan ta’lim xizmatlari bozori kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasasini mazkur bozorning ichida muloqotni yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga rag‘batlantiradi. Boshlang‘ich, o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda davlat va nodavlat muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik tajribasi keyingi paytlarda kasb-hunar tayyorgarligining turli darajalarida yuzaga kelgan va o‘tkirlashib borayotgan ziddiyatlarni hal etishiga urinishdir. Hamkorlikning tashkiliy shakllari ijtimoiy sheriklar bilan o‘zaro birgalikda faoliyat ko‘rsatishning ancha yuqori darajasi hisoblanadi. Ular maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan hujjatlariga hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan boshqa tartibga soluvchi hujjatlarga asoslanib faoliyat ko‘rsatuvchi tashkiliy tuzilmalarni yaratishni taqozo etadi. Odatda bular ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limning boshqaruv organlarini, bandlik xizmati, ish beruvchilar, kasaba uyushmalarini o‘z ichiga oluvchi Kengashlar (maslahat, kasb-hunar, vasiylik) va boshqalardir, kengashlar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini shartli ravishda ikki quyidagi yo‘nalishlarda guruhlashtirish mumkin: maslahat va vasiylik. Shunga muvofiq ravishda ijtimoiy hamkorlik tashkiliy tuzilmalarining asosiy turlari deb Maslahat va Vasiylik kengashlarini ko‘rsatish mumkin. Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy hamkorlik tizimini rivojlantirishning obektiv zaruratiga va bundan umumiy manfaatdorlikning yaqqol ko‘rinib turishiga qaramay mazkur tizimning vujudga kelish jarayoni hozircha juda sust borayapti va bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Hozirgi sharoitlarda kasb-hunar ta’limida ijtimoiy hamkorlikning rivojlanishiga halaqit berayotgan yoki uning rivojlanishga xizmat qilmaydigan muammolarni shartli ravishda ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: tashqi sharoit bilan bog‘liq muammolar va ta’lim muassasasining ichki muammolari. Muammolarning birinchi guruhi tashqi muhit omillarining ta’siri tufayli taqozo etilgan va ulardan ta’lim muassasasi uchun belgilovchi ahamiyatga molik omil kasb-hunar ta’limi sohasida davlat tomonidan milliy va mintaqaviy darajalarda o‘tkazilayotgan siyosatdir. Tashqi omillarning ta’siri obektiv bo‘lib, ta’lim muassasalari tomonidan tartibga soluvchi ta’sirga juda oz bo‘ysunadi. Ijtimoiy hamkorlikni tashkil etishning ichki omillari jumlasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim muassasasining o‘ziga, uning ta’lim xizmatlari bozorida o‘zining yangi mavqeini anglab yetishga va qabul qilishga, eng avvalo, kasb-hunar ta’lim rivojining mehnat bozori talablarini qondirishga qaratilgan yangi paradigmasini qabul qilishga, ikki yoqlama va ko‘p yoqlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish ijtimoiy hamkorlikning tashkiliy tuzilmalarini shakllantirish jarayoniga faol ishtirok etishga tayyor ekanligiga bog‘liq. Download 389.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling