Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Download 389.03 Kb.
bet119/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128
Bog'liq
MA

1. Nazariy metodlar: ilmiy pedagogik manbalarni tahlil qilish, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, turlash (shajaralash), analogiya, taqqoslash kabilar.
2. Empirik metodlarga ma’lumotlar olish va yig‘ish (kuzatish, suhbat, anketa so‘rovnomasi, test so‘rovnomasi va shu kabilar); ma’lumotlarga ishlov berish (matematik, statik, grafik, jadval); baholash metodlari (o‘zini-o‘zi baholash, reyting, pedagogik konsilium); pedagogik tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish (tajriba-sinov ishlari, tajribaviy o‘qitish, ommaviy o‘qitish) kabilar. Tadqiqotchi aniq shart-sharoit va vaziyatga binoan maqbul metodlar uyg‘unligini tanlaydi. Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatining prinsiplari, metod va usullarini bilish fanning metodologik asoslarini bilishni anglatadi.
Pedagogik jarayon yaxlit hodisa bo‘lib, unda biologik, ijtimoiy, individual va jamoaviy jihatlar murakkab o‘zaro munosabat hamda ta’sirda bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini harakatlantiruvchi kuch shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi va takomillashtirishi hisoblanadi.
Pedagogik jarayon ta’lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish qonunlari haqidagi bilimlar asosida qo‘yilgan maqsadga uyg‘un holda o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishdir. Pedagogik jarayon boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy – axloqiy va shu kabi jarayonlar bilan bevosita bog‘liq. Bo‘lib, u bevosita uning maqsadi, vazifasi, mazmuni, ishtirokchilarining hamkorlik faoliyati va natijalarida o‘z ifodasini topadi.
Pedagogik jarayonga tashqi: tabiiy geografik, ijtimoiy, ishlab chiqarish, madaniy va shu kabi shart-sharoitlar ta’sir qiladi. Pedagogik jarayon o‘zining maqsadi, vazifalari, mazmuni, metodllari ishtirokchilarining o‘zaro ta’siri, erishilgan natijasi bilan tavsiflanadi.
Pedagogik jarayonning yaxlitligi maxsus o‘quv dasturiga binoan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar birligini ta’minlash bilan amalga oshiriladi. Pedagogik jarayonning mazmun komponenti ma’lum o‘quv dasturlari bilan aniqlanib, insoniyat jamiyatining ijtimoiy munosabatlar, g‘oyalar, ishlab chiqarish, mehnat, fan va madaniyat sohalaridagi tajribalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Pedagogikaning muammolarini tadqiq etishga ko‘p sonli ishlar bag‘ishlanganligi bois ularga batafsil to‘xtalib o‘tmadik.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling