Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Pedagogning kasbiy imkoniyatlari (potensiali) tuzilmasi


Download 389.03 Kb.
bet46/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128
Bog'liq
MA

Pedagogning kasbiy imkoniyatlari (potensiali) tuzilmasi
12 - jadval



Kasbiy
tayyorgarlik

Pedagogik ijodkorlik

Pedagogning
kasbiy mahorati

Pedagogik madaniyat

Kasbga
yo‘naltirish

Pedagogik
Intellekt

Innovasion
faoliyat

Pedagogik tafakkur
yuritish (fikrlash stili)

Kasbiy kamol
topish

Kasbiy layoqat
(kompetentlik)

Gumanistik
(insonparvarlik) yo‘nalishi

Pedagogik texnika

Kasbiy yo‘nal
ganlik

Faoliyati jarayonida
yangiliklarga
intiluvchanlik

Kasbiy rivojlanish

Muloqot mahorati

Pedagogik
mehnatga
tayyorgarlik

Mehnatga ijodiy
munosabat

Kasbiy nuqtai nazar

Ijtimoiy faollik

Kasbiy moyil
lik

Ijodiy tashabbuskor
lik

Kasbiy faollik

Metodik mahorat

Demak, o‘qituvchilik mahorati integrativ fazilat (sifat) bo‘lib, yuqori darajadagi madaniyat, bilim, malaka, amaliy qobiliyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.


Y.P.Azlarovning fikricha, pedagogik mahorat cho‘qqisiga yetishish juda mushkul va uzoq vaqt talab etadigan jarayondir.
Haqiqiy usta o‘qituvchi bo‘lish uchun inson tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lishi zarur, degan fikrlar ham mavjud. F.Gallning fikricha, inson bosh suyagi bilan insonning aqliy va axloqiy fazilatlari orasida bog‘liqlik mavjud.
“Frenologiya” - bosh suyakning tashqi shakli bilan inson aqliy va axloqiy fazilatlarining bog‘liqligini o‘rganuvchi fandir. U avstriyalik vrach F.Gall tomonidan ilgari surilgan.
Bunday qiziqarli faraz vositasida kimning bosh suyagi ensa gardan qismiga bo‘rtiq (do‘nglik) mavjud bo‘lsa, u o‘qituvchilik kasbini tanlashi mumkinligiga ishora qilinadi.
N.V.Kuzmina o‘qituvchi mehnatining turli jihatlarini psixologik nuqtai nazardan tadqiq etib, faqatgina 12 foizgina o‘qituvchilar tom ma’noda kasbiy pedagogik mahorat sohibi ekanligi, aksariyat o‘qituvchilar esa ta’lim-tarbiya usullarini yaxshi egallaganliklari va buning natijasida yuqori samaradorlikka erishganlarini ko‘rsatadi.
YE.A.Klimovning fikricha pedagog kasbi sohiblarining mehnat predmeti inson-texnika, ishlab chiqarish texnologiyasi, ya’ni uning asosiy mazmuni insonlarning o‘zaro bog‘liq munosabatidan iborat bo‘ladi. Pedagogik kasb sohibi quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak (14- jadvalga qarang).
insonparvarlik, gumanizm, faoliyatining jamoaviy va ijodiy xarakterga egaligi kabilar. Shuningdek, pedagogning mehnati aqliyligi, yuksak his-tuyg‘u (emosional)ga egaligi va fuqarolik burchini his etishi bilan ham farqlanadi.
Pedagogning insonparvarlik xislatlari o‘zining shogirdlari, atrofidagilarga yordam ko‘rsatishga doim tayyorligida, ularga nisbatan diqqat-e’tibor berishida, hurmatida namoyon bo‘ladi. Pedagog (murabbiy)lar o‘z shogirdlari bilan o‘zaro munosabatni ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, xususan individual yosh xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan tafakkurlash xususiyatlariga ko‘ra tashkil etadi (quradi). Pedagogik faoliyatning yana bir muhim jihati ijodkorlik hisoblanadi. Pedagoglarga nisbatan ijodkorlik muntazam o‘zgaruvchan sharoitda kasbiy masalalarning yechimini topishni talab etadi.

Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling