Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Download 389.03 Kb.
bet48/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   128
Bog'liq
MA

O‘qituvchi shaxsi



6-chizma

Pedagogning kasbiy layoqati muhim shaxsiy komponentdir.


U integrativ xususiyatga ega bo‘lib, mutaxassisning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini o‘zida mujassamlashtiradi hamda bilim, ko‘nikma malaka va tajribalar darajasida o‘z ifodasini topadi.

  1. Kasb-hunar ta’limi o‘qituvchisining muhim fazilatlari

Pedagog shaxsining tuzilmasida kasbiy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: maqsadga intiluvchanlik, shaxsiy faollik, o‘z- o‘zini boshqara olish, o‘quvchilar bilan ishlash xohishining mavjudligi, ekstremal vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik, to‘g‘riso‘zlik, haqgo‘ylik, zamonaviylik, insonparvarlik, bilimdonlik, pedagogik takt sohibi ekanlik, intizomlilik, pedagogik ishonchlilik.
O‘qituvchining muhim kasbiy pedagogik fazilatlaridan biri mantiqiy fikrlash hisoblanadi. Bunday xislat tushunchalarni tahlil etish, sintezlash, turlash, mantiqiy aloqalarini o‘rnatish, operasiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan mantiqiy fikrlash usullarini yaxlit shakllanganligi kabilarda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, pedagog professiogrammasiga artistik qobiliyati ham kiradi. Bu qobiliyat obrazga kirib fikr va yechimlar topishni qamrab oladi.
Shaxsning muhim kasbiy fazilatlari uning aqliy, emosional, irodaviy tavsifi sifatida kasbiy pedagogik faoliyat natijalariga ta’sir ko‘rsatadi, pedagogning individual ish uslubini belgilaydi.


Kasb-hunar ta’limining maqsadi va mazmuni
Reja:
1. Kasbiy ta’limning maqsadi va ta’lim tarbiya faoliyati.
2. Ijtimoiy tajriba yoki madaniyatni maqsadga muvofiq pedagogik tilga o‘girilishi.
3.Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuv.


Tayanch so’z va iboralar: kasbiy ta’lim maqsadi, ta’lim-tarbiya faoliyati, ta’lim mazmuni, ijtimoiy tajriba.


1. Kasbiy ta’limning maqsadi va ta’lim tarbiya faoliyati
U yoki bu ta’lim texnologiyasining tanlanishi eng avvalo maqsadga, ya’ni qanday darajada bilim, va shaxsiy fazilatlarning o‘zlashtirilishi nazarda tutilganligiga bog‘liq.
Aniq maqsadni ko‘zlamagan mashg‘ulot samara bermaydi, chunki olingan natija bilan ko‘zlangan maqsadni bir-biriga qiyoslab pedagogik jarayon (mashg‘ulot) samaradorligini aniqlash mumkin, xolos. Yetarli darajada aniq bo‘lmagan maqsadsiz mashg‘ulot ishtirokchilarning ortiqcha hissiyotlarga berilishi, o‘quvchilarni o‘quv-bilish faoliyatiga undovchi rag‘batning pasayishi, o‘quv materiali, o‘quv predmeti, tanlagan kasbiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishi kabilarga sabab bo‘ladi.
An’anaviy ta’lim maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalashga intilgan. Masalan, qishloq ho‘jalik mashinalari turkumiga mansub pluglarning tasniflanishini bayon etish. Bu bir tomonlamalikni keltirib chiqarishi tabiiy hol.
Ta’lim-tarbiya va o‘quvchi shaxsini rivojlantirish maqsadlarini ta’lim mazmuni, pedagog va o‘quvchining faoliyati orqali ifodalash bu sohada kutilayotgan natijalar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi.
Maqsadni o‘quvchilar xatti-harakatida ifodalanadigan aniq ko‘rinadigan va o‘lchanadigan natijalar orqali belgilash g‘oyasi ilk bor
R.Tayler tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, biz bu g‘oyaga to‘liq qo‘shilamiz.
Kasbiy talim maqsadi avvalo jamiyat va davlatning talab hamda ehtiyojiga binoan shakllantiriladi. Demak, u mashg‘ulot (dars)ning ma’lum bosqichi maqsadidan to komil inson shaxsini shakllantirishgacha kengayib borishi mumkin.
Komil insonni shakllantirish jamiyatimizning oliy maqsadi bo‘lib, u uzluksiz ta’lim jarayonida ta’minlanishi ko‘zda tutiladi.
Shuning uchun uzluksiz ta’lim tizimining umumiy maqsadi quyidagi darajalarda aniqlashtirilishi mumkin:

  1. Respublikamiz uzluksiz ta’limining global maqsadi – barkamol shaxsni shakllantirish;

  2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimining maqsadi – mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakali, keng ixtisosli mutaxassis kadrlarni tayyorlash.

  3. Kasb-hunar kollejlarining maqsadi – aniq soha uchun DTS va TTS doirasida bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlarga ega kichik mutaxassis kadrlar tayyorlash.

  4. O‘quv predmetlarining maqsadi – aniq sohaga oid texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarining mohiyatini yorituvchi bilim, va shaxsiy fazilatlarni shakllantirish.

Mavzu (mashg‘ulot, dars)ning maqsadi - ilmiy tushuncha, dalil, xulosalar tizimini shakllantirish.

  1. Mashg‘ulot dars bosiqichining maqsadi – motivlashtirish, shakllantirish, nazorat qilib baholash kabilar.

Amaliyotda maqsadlar vazifa sifatida ham talqin etiladi. Demak, maqsad va vazifa shunday aniq qo‘yilishi kerakki, unga erishilganlik haqida aniq xulosa chiqarish imkoni mavjud bo‘lsin. Buning uchun har bir vazifani shakllantirishda quyidagilarga amal qilish zarur:
- har bir vazifani (mashg‘ulot)dars yakunida o‘quvchi quyidagilarni bajara olishi lozim...”deb boshlang;
- har bir vazifani raqamlang;
- har bir vazifani quyidagi amallar bilan boshlang: sanab o‘ting, so‘zlab bering, ko‘rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo.;
- har bir vazifani o‘quvchi so‘zi bilan qo‘ying;
- har bir vazifa faqat bitta natijani ko‘zlasin, ikki yoki undan ortig‘ini emas;
- har bir vazifani shunday qo‘yingki, u “o‘quvchining o‘zini keyinchalik qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin”.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling