Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari
Korxona va ta’lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari: ijtimoiy hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalar tuzish
Download 389.03 Kb.
|
MA
4. Korxona va ta’lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari: ijtimoiy hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalar tuzish.
Kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarining o‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyoti haqida namunaviy shartnoma _________ ________________2013 y. Toshkent milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji direktori______________________ bundan keyin «o‘quv muassasi», bir tomondan va Qurilish tresti boshlig‘i___________ Ikkinchi tomondan, bundan keyin «Korxona» quyidagi shartnomani tuzishdi: 1. «O‘quv muassasi» yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun dasturlar va o‘quv rejasiga asoslanib, «qurilish ishlari» kasbi bo‘yicha 20 o‘quvchidan iborat A-21 guruhini 10 dekabr 2013 yildan 15 yanvar 2014 yilgacha ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashga yo‘llaydi. O‘quvchilar ro‘yxati ilova qilinadi. 2. «O‘quv muassasi», «Ishlab chiqarish amaliyoti Nizomi» ga binoan o‘quvchilarning dastlabki kasbiy tayyorgarligini, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya kilishni, ish sharoiti qoida tartiblarini saqlashni, uskunalarni ehtiyotgarlik bilan boshqarishlariga bo‘lgan munosabatlarini ta’minlaydi. O‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyoti davrida «Korxona» ning ichki tartib qoidalariga to‘liq bo‘ysinishadi. «O‘quv muassasi» ustoz orqali o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil qiladi va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi. 3. «Korxona» bajaradi: a) o‘quvchilarga-amaliyotchilarga zarur bo‘lgan jihozlar bilan jihozlangan ish joylarni, ishlab chiqarish topshiriqlari, hujjatlar va boshqalar bilan ta’minlaydi. O‘quvchilarni kasbga oid bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb qilmaydi va ularning bo‘sh, bekorchi bo‘lishlariga yo‘l qo‘yiladi; b) «Korxona» da qabul qilingan meyorlar, talablar bo‘yicha o‘quvchilarni maxsus kiyimlar, shaxsiy xavfsizlik vositalari bilan ta’minlaydi. Ish sharoitini sanitariya gigiyena talablari asosida ta’minlaydi. v) o‘quvchilarning bajargan ish natijalarini qat’iy hisobga olib boradi. O‘quvchilarning ishlab topgan xaqlari qaydnomasi asosida har oyda «O‘quv muassasa» hisob raqamiga pullarni o‘tkazib turadi; g) o‘quvchilarning va ustozning yo‘l xarajatlarini to‘laydi. 4. Agarda shartnomada ko‘rsatilgan talablar «Korxona» tomonidan bajarilmasa u holda «O‘quv muassasa» o‘qtuvchilarni ishlab chiqarish amaliyotidan chaqirib olishlari mumkin. 5. Agarda ishlab chiqarish amaliyoti davrida o‘quvchilar «Korxona» ichki qoidalarini buzishsa u holda «Korxona» rahbariyati ularni ishlab chiqarish amaliyotidan chetlatib, «O‘quv muassasa» ga qaytarib yuborishlari mumkin. 6. Tomonlarning qo‘shimcha shartlari _______________ 7. Tomonlar tomonidan paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar qabul qilingan meyorlar asosida hal qilinadi. 8. Shartnoma muddati ___________dan__________gacha Korxona rahbari O‘quv muassasi rahbari Download 389.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling