Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Reja: 1. Korxonalrning yangi xo‘jalik yuritishga o‘tishi jamiyatning yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish


Download 389.03 Kb.
bet55/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128
Bog'liq
MA

Reja:
1. Korxonalrning yangi xo‘jalik yuritishga o‘tishi jamiyatning yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish.
3. «Ijtimoiy hamkorlik» tushunchasi. Ijtimoiy hamkorlar bilan faoliyat yuritishda ta’lim muasasalarining mustaqilligini oshirish.
4. Korxona va ta’lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari: ijtimoiy hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalari.


Tayanch so’z va iboralar: ijtimoiy hamkorlik, mutaxassis, shartnoma, ijtimoiy buyurtma.


1. Korxonalrning yangi xo‘jalik yuritishga o‘tishi jamiyatning yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish
Fan-texnika taraqqiyoti davrida ishchilarning mehnat qilish sharoiti o‘zgaradi, chunki ishlab-chiqarish jarayonida ishchining bajaradigan faoliyati, dunyoqarashi, o‘rni o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarishlar ishlab-chiqarish bosqichlarining rivojlanishi yangi mayllarning o‘sishiga olib keladi. Ishchi ushbu rivojlanishdan foydalangan holda yangicha ishlashni hohlaydi. Ishchilarda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarning kuchayishida ishlab-chiqarish omillari kuchli rol o‘ynaydi. Buning asosida jismoniy mehnat, ya’ni insonning bajaruvchilik funksiyasi yotadi.
Mehnatdagi asosiy o‘zgarish, avvalambor, insonlarning jipsligidan kelib chiqadi. Malumki, ishlab-chiqarish jarayonida inson asosan 4 ta asosiy funksiyani bajaradi:

  • ishchi o‘z jismoniy harakati bilan aylantiruvchi va harakatlantiruvchi harakatlar hosil qilish uchun mehnat qurollarini ishlatadi;

  • mehnat qurollarini boshqaradi va ularga ta’sir ko‘rsatadi;

  • ularni to‘g‘rilaydi va tamirlaydi;

  • ularni loyihalashtiradi va ishlab-chiqarish jarayoniga tatbiq qiladi.

Mehnatni boshqarishda zamonaviy ishchiga 1- va 2-funksiyalar doirasidagi ko‘rsatkichlar ahamiyatli bo‘lishi bilan bir qatorda mehnatning mazmuni va ijodiyligini oshirishda 3-4-funksiyalar ham muhimdir.
Tarixga nazar solib ko‘rsak yuqori malakali ish darajasi oshib bormoqda. Masalan: 30-yillarda slesar tamirlovchi 9-10 ta stanokda ishlay olgan, hozirda esa 25-30 ta stanokda bemalol ishlay oladi va 100 dan ortiq metall va nometall materiallardan foydalanadi. Bundan tashqari u payvandlashni ham bilishi kerak. Tokarlik ishi yillar o‘tgan sari sezilarli darajada o‘zgaradi. 30-yillarda 3-razryadli tokar oddiy ishlarni master qo‘l ostida qilardi. 40-yillarda esa stanokning asosiy qismlarini, ya’ni zo‘riqish bo‘lganda sinadigan joylarni, oddiy qirquvchi va o‘lchov asboblarni sovitish va moylash, moylash suyuqligini ishlatishni ham bilishi kerak bo‘lgan. Yana tokar stanok markalarini va nuqsonli mahsulotni aniqlay olishi ham kerak.
60-yillarda esa tokar keng tarqalgan va universal stanoklar tuzilishini, oddiy va qirquvchi asboblarni qo‘llashni ko‘rsatma berishni, material o‘lchovlari va yuza tozaligini bilishi talab etilar edi.
70-yillarda tokar stanokning tuzilishi, ishga yaroqliligi hamda stanoklarni boshqarish qoidalarini tekshiruvchi o‘lchov asboblaridan foydalanish qoidalarini bilishi kerak bo‘lgan.
80-yillarda esa 3 - razryadli tokar stanokda ishlash bilan birga elektronika ishlarini ham bajara olishi talab qilingan.
90-yillarda texnikaning rivojlanishi yangi tipdagi stanok ishchilarini shakllantirdi. Keng tarmoqli universal ishchilar vujudga keldi. Hozirda bu ishchilar 14 ta ixtisosliklarni egallagan. Bu ixtisosliklardan tokarlik avtomatlarini sozlovchilar, yarim avtomat va avtomatlashtirilgan stanoklarni sozlovchi hamda boshqalar. Ishchi sozlovchilarning bu guruhi elektrotexnik bilimga ham egadirlar.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling