Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlariga kirishib ketishning psixologik jihatlari


Download 389.03 Kb.
bet52/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128
Bog'liq
MA

2.Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlariga kirishib ketishning psixologik jihatlari
V.A.Suxomlinskiy ko‘p yillik amaliy tajpibani, kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvga oid qiziqapli fikplapni umumlashtipib va tahlil qilib bunday deb yozadi: "Agap o‘quvchi o‘z ishini chuqup o‘ylab tahlil qilsa, unda o‘z tajpibasini nazapiy anglashga qiziqish, o‘quvchilapning bilimi bilan o‘zining kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvi o‘ptasidagi sabab-oqibat aloqalapini izohlashga qiziqish paydo bo‘lmasligi mumkin emas". Bo‘lg‘usi mutaxassis - o‘quvchining kasbiy tayyopgapligiga, uning yosh fiziologiyasi va psixologiyasi asoslapiga oid bilimlapni egallab olishiga katta ahamiyat bepib "qat’iy psixologik negizsiz kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv yo‘q", deb hisoblaydi.
Psixolog olimlarning fikricha xar qanday shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi:
1) faaliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabxasi, sohasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir.
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud.
Birinchi bosqich—mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi.
Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo‘lib, aniq hayot yo‘lini tanlagan, turmush qurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir.
Uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan aktiv mehnat faoliyatidan so‘ng qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlariga kirishib ketishning psixologik jihatlari shaxs ijtimoiylashuvining ikkinchi bosqichida aniq namayon bo‘ladi.
Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlariga qay darajada kirishib ketishi ularning yuqorida ko‘rib o‘tilgan ijtimoiy sifatlaridan tashqari shaxsning psixologik sifatlari shaxs bo‘lgan toifalari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasiga ham bog‘liq.

Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling