Kichik mutaxassis:
- tegishli ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida uning unumli faoliyat ko‘rsata
olishini ta’minlaydigan nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga, kasbiy bilim, malaka
va ko‘nikmalarga ega;
- mazkur jamiyatda o‘zining muvaffaqiyatli hayot darajasini ta’minlaydigan
umumiy va kasbiy madaniyatga, ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlarga va shaxsiy
sifatlarga ega.
Malaka — xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasi, undagi ma’lum ishni
bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarning mavjudligi.
Xodimning malakasini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, kategoriya yoki diplom,
ilmiy daraja yoki unvonning mavjudligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |