1. O‘MKHT mutaxassislik va kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha Umumdavlat
Klassifikatori, uning maqsad va ob’ektlari
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va
mutaxassisliklari umumdavlat Tasniflagichi O‘zbekiston Respublikasida texnikaviy-
iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo‘yicha yagona tuzilma
tarkibiga kiradi va Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat
ta’lim standartlarining ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida»gi 1998-yil 5-yanvar 5-
son qarori asosida tayyorlangan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va
mutaxassisliklari umumdavlat Tasniflagichi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur» qonunlari hamda Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining me’yoriy hujjatlariga asoslanib tuzilgan.
Mazkur tasniflagich O‘zbekiston Respublikasining hududlarida foydalanish
uchun ishlab chiqilgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar
va mutaxassisliklari tasniflagichning tasniflash ob’ektlari hisoblanadi.
Mazkur Tasniflagichda tayyorlov yo‘nalishlari nomi, kodi va shu tayyorlash
yo‘nalishlari turkumiga kiruvchi kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati keltirilgan.
Ushbu tasniflagichda ta’lim haqidagi me’yoriy hujjatlarni indeksatsiyalash
maqsadida foydalaniladigan ta’limni xalqaro standart tasniflash (TXST) kodlari ham
keltirilgan.
O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari va ixtisosliklar kodi — kasbiy faoliyat
sohalariga muvofiq kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari
ixtisoslashtirilgan ro‘yxatining raqamli belgisidir.
?
131
8-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |