132
Kasbiy faoliyat sohasi (KFS) kasbiy bilim, malaka va ko‘nimalarning
qo‘llanish doirasidir; uning nomlanishi iqtisodiy
sohalari nomlari bilan
moslashtiriladi.
Kasb-hunar ta’limi tarmoq standarti – yo‘nalishlar bo‘yicha kichik
mutaxassislarni tayyorlashning zarur va yetarli mazmuni
hamda pirovard
maqsadlarini aniqlaydi, ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmi va standart
sifatlari nazoratini belgilab beradi.
3. O‘MKHT ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari tushunchasi
O‘MKHT ta’lim muassasalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari — aniq kasbiy
faoliyat sohasida mutaxassislarga kasbiy ta’lim berish doirasidir. Mutaxassislarning
kasbiy faoliyatining aniq sohasi bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlarining
nomi mehnat
faoliyatining mazmuni va xususiyati orqali aniqlanadi.
Kasb - maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy
faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, amaliy ko‘nikma va
malakalarni egallagan, unga
jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va yuridik
huquqlarni ta’minlovchi insoniy mehnat faoliyatining (mashg‘ulotining) turidir.
Ixtisoslik — birorta kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus
tayyorgarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, ko‘nikma va malakalar
majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: