“kasbiy pedagogika” fan sifatida


O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar kodi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar kodi - kasbiy
faoliyat sohalariga muvofiq kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlov
yo‘nalishlari ixtisoslashtirilgan ro‘yxatining raqamli belgisidir.
O‘quv me’yoriy hujjatlari
Ma’lumki, insonning har bir xatti-harakati ongli ravishda amalga oshadi. Ana
shu ongli xatti-harakat yetuk psixolog olim P.Y.Galperin va uning maslakdoshlari
fikricha, asosan, quyidagi uch bosqichda amalga oshadi:
I. Birinchi bochqich. Mo‘ljalga olish bosqichi bo‘lib, unda shaxs o‘z oldiga
qo‘ygan aniq maqsadini mo‘ljalga oladi, ya’ni rejalashtiradi, loyihalashtiradi.
Maqsadga erishish yo‘llarini modellashtiradi.
II. Ikkinchi bochqich. Asosiy amalga oshirish bosqichida o‘z imkoniyati,
shart-sharoit, mavjud bo‘lgan ko‘plab boshqa omillarni hisobga olgan holda amaliy
xatti-harakatlar bajarilib, ma’lum natijaga erishiladi.
III. Uchinchi bosqich. Nazorat qilish va o‘zlashtirishlar kiritish bosqichi
hisoblanib, unda ko‘zlangan maqsad bilan olingan natija qiyoslanadi va kerakli
xulosaga kelinadi. Kerakli hollarda reja va amalga oshirish bosqichlarining mazmuni,
tuzilmasi va shakliga o‘zgartirishlar kiritilib, ish-harakat usullari takomillashtiriladi.
Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi ta’lim-
tarbiya ishi ham ushbu qonuniyatga to‘liq bo‘ysunadi. Demak, ta’lim-tarbiya ishi
ma’lum me’yorlar doirasida amal qiladi. Bu me’yorlarsiz ta’lim-tarbiya ishi mazmun,
shakl, zamon va makon hamda natijalar tekisligida samarasiz bo‘ladi. Aslini olganda,
maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlari aniq
maqsadni ko‘zlab, reja asosida kechadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning  o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini


133
qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning joriy etilishi
yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni
ishlab chiqishni  va tatbiq etishni taqozo qildi.
Shu nuqtai nazardan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta’lim jarayoni,
mazmunini isloh qilish, asosan, me’yoriy hujjatlar  majmui (davlat ta’lim standarti,
o‘quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol
g‘oyalariga muvofiq amalga  oshirilishi alohida ta’kidlab  o‘tilgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling