O‘qitish usullari - masofaviy tartib o‘z ichiga 5 ta umumdidaktik
o‘qitish usullarini oladi: informatsion-retseptiv, reproduktiv
muammoviy ifoda etish, evristik va tadqiqot. Ular o‘qituvchi
va o‘quvchilarning o‘zaro harakat, pedagogik aktlarning butun
to‘plamlarini o‘ziga qamrab oladi.
O‘qitish usuli - o‘qitish maqsadlariga erishish uchun o‘qituvchi va
o‘quvchilar o‘zaro harakati ta’siri me’yorlar tizimi to‘g‘risida
nazariy tasavvurlar beradigan didaktik turkumdir.
O‘qitish mazmuni - bu o‘quv informatsiyaning tarkibi, tuzilishi va
ma’lumoti hamda masalalar, topshiriqlar va mashg‘ulotlar
to‘plami, ular kasbiy malaka hamda idroklarini shakllantiradi,
mehnat faoliyatining dastlabki tajribasini yig‘ishga imkon
beradi.
O‘qitish vositalari - masofaviy o‘qitish ta’limi jarayonida an’anaviy
ta’lim bilan birga innovatsion o‘qitish vositalaridan
foydalaniladi. Ular ko mpyuter texnikasi, telekommunikatsiya
qo‘llashga hamda ta’minot texnologiyasi sohasida oxirgi
erishilgan natijalarga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |