Kasbiy psixologiya fanindan seminar ishlanma ta’lim yo‘nalish(lari)


Download 0.76 Mb.
bet10/54
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1571635
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
СЕМИНАР ИШЛАНМА

Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‘llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o‘tkazilgan), erkin (oldindan o‘rnatilgan chegaralarga ega bo‘lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo‘ladi. Kuzatish metodi.Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo bo‘ldi, xolisonalik (ob’ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, o‘lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning barcha sohalarida qo‘llanilmoqda, ayniqsa tadbiqiyligi imkoniyatining yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:

  • voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi) ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yo‘nalishlarga ajratish (nemischa – lotincha “kvantifikatsiyalash”, ya’ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash);

  • kuzatishning ko‘lami (xajmi), xususiyati va o‘ziga xosligini aniqlash, ya’ni uning nimalarga qaratilganligini belgilab olish;

  • kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko‘rinishning o‘ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni frantsuzcha – lotincha “fiksatsiyalash”);

  • kuzatish davomida to‘plangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari bo‘yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.

Psixologik kuzatish olib borishdan ko‘zlangan maqsad mana bulardan iborat:

  • kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;

  • kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik ifodalashni yaratish, yig‘ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.

Kuzatishning ob’ekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:

  • kuzatishning ob’ekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, emotsional – hissiy kechinmalar, xayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilarni o‘rganishdan iboratdir;

  • kuzatishning predmeti – insonning xilma xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, o‘ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir;

  • amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo‘nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va boshqalar;

  • noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa ma’nosini tana a’zolari orqpli ifodalash);

  • vegetativ reaktsiyalarning ko‘rinishi: rangning qizarish, oqarishi, terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.

Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari quyidagilardan tashkil topadi:

  • kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy talablarga rioya qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning tahlili, talqini va g‘oyalarni ilgari surish.

Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to‘plangan ma’lumotlarni alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anogramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish. Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy – sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar.
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq:

  • F. Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, ko‘zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa’i – harakatlar bo‘yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o‘zgarishlarga binoan muayyan ketma – ketlikda joylashtirish);

  • A. K. Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada va smenadan keyin tekshiruv o‘tkazish);

  • Talabalarda dars boshida, o‘rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shug‘ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar.

Suhbat (intervyu) metodi. Ushbu yordamchi metod tadqiqqotning eng boshida umumiy yo‘nalish olish va ishchi farazlarni yaratish maqsadida qo‘llaniladi. Bu erkin, majburiy bo‘lmagan suhbat. Suhbat (intervyu) anketa tadqiqotlaridan keyin ham qo‘llanishi mumkin. Bunda anketa tadqiqotlari natijalari suhbatlashish orqali chuqurroq o‘rganiladi. Suhbatga tayyorgarlik jarayonida savollarni berishga katta e’tibor qaratish lozim. Savollar qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Anketa metodi. Bu metodga tadqiqotchini qiziqtiruvchi faktlar haqida bir qator materiallar olish uchun nisbatan ko‘p sonli shaxslar guruhiga beriladigan savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va tahlil qilinadi. Umumiy psixologiyada keng qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o‘rganiladi. Anketa odatda 3 xil bo‘lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan iborat bo‘ladiki, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinxi xil anketada sinaluvchiga havola qilinganda kamida to‘rt besh to‘g‘ri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari, qobiliyatlari, o‘ziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yig‘ib olinib, kompuyter dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Bunga yo‘l qo‘ymaaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to‘g‘ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqarish kerak.
Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o‘tamiz.

  1. Kursingizda eng yuqori obro‘ga ega bo‘lgan talaba qaysi?

  2. Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr his – tuyg‘usini uyg‘ota oladi?

  3. O‘qish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar edingiz?

  4. SHaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni xohlar edingiz?

  5. O‘rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz?

  6. Kursdoshlaringiz ichida kim bilan mashg‘ulotlarga birgalikda tayyotayyorlanishni yoqtirasiz?

  7. Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?

Biografiya (tarjimai hol) metodi
Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. SHu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, xujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o‘rganilayotgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi xujjati ham bolaning tug‘ilganidan, ham to boshlang‘ich ma’lumot olgunicha davr oralig‘ida salomatlik darajasi qanday bo‘lganligi to‘g‘risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi. Biografiya metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishda yordam bo‘radi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar: sheriyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o‘tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg‘unligini ta’minlaydi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling