Kasbiy psixologiya fanindan seminar ishlanma ta’lim yo‘nalish(lari)


Download 0.76 Mb.
bet8/54
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1571635
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
СЕМИНАР ИШЛАНМА

SEMINAR MASHG’ULOTINING BAYONI:

2.1 Kasbiy psixologiya muhandislik sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi. Tadqiqot maqsadiga ko‘ra muhandislik psixologiyasi metodi quyidagi uch guruhga bo‘linadi.
Ilmiy tadqiqot metodi. Ushbu metod yordamida shaxslarning huquq normalariga nisbatan munosabatining psixik qonuniyatlari
o‘rganiladi, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi amaliyot xodimlari uchun ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

  • anamnestik (biografik) metod;

  • kuzatish va tabiiy eksperiment metodlari;

  • shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish- ning instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari.

Ushbu metodlarning qo‘llanishi individual-psixologik xususiyatlarni o‘rgatadi. Psixolog-ekspert oldida har bir bosqichdagi psixologik determinantlar (omillar)ni ajratish vazifasi turadi. Birinchi bosqichda o‘zini o‘zi anglash, o‘zini o‘zi baholashning shakllanishi, haqiqiy hayotiy qadriyat va axloqiy-me’yoriy yo‘naltirishlarning rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish zarur. Ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsning individual-tipologik xususiyatlarini tahlil qilish ham muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi bosqichda ekspertizadan o‘tkaziluvchining qaror qabul qilishining o‘ziga xos tomonlari tadqiq etiladi. Qaror qabul qilish sub’ektning shaxsiy jihatlari, xatti-harakat motivlarining ob’ektiv tashqi vaziyat bilan o‘zaro ta’sir jarayoni sifatida baholanadi.
2.2. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish. Kasbiy psixologiya fanining o‘ziga xos ilmiy o‘rganish metodlari mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o‘rganish metodlari («metod» yunoncha so‘z bo‘lib, «biror narsaga borish yo‘li» degan ma’noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar va individual xususiyatlar to‘g‘risidagi bilimlarni egallashda qo‘llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig‘indisidir.
Kasbiy psixologiya muxandislik psixologiya sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi.
Individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganishning instrumental metodlariga avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar o‘tkazish, anketalar, so‘rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga oid asosiy qo‘llanmalarda berilgan.
Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining doimiyligi yoki o‘zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan materiallarda ayrim xatolar ham bo‘lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini psixologik o‘rganishning o‘ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o‘rganish va hisobga olishni talab qiladi.
Anketa metodi. Bu metodga tadqiqotchini qiziqtiruvchi faktlar haqida bir qator materiallar olish uchun nisbatan ko‘p sonli shaxslar guruhiga beriladigan savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va tahlil qilinadi. Suhbat (intervyu) metodi. Ushbu yordamchi metod tadqiqqotning eng boshida umumiy yo‘nalish olish va ishchi farazlarni yaratish maqsadida qo‘llaniladi. Bu erkin, majburiy bo‘lmagan suhbat. Suhbat (intervyu) anketa tadqiqotlaridan keyin ham qo‘llanishi mumkin. Bunda anketa tadqiqotlari natijalari suhbatlashish orqali chuqurroq o‘rganiladi. Suhbatga tayyorgarlik jarayonida savollarni berishga katta e’tibor qaratish lozim. Savollar qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Psixolog test natijalari bo‘yicha individual maslahat jarayonida psixik adaptatsiya (moslashuv) xususiyatlari, hissiy-irodaviy holati, shaxsning tuzilishi va ehtiyoj yo‘nalishlarini tahlil qiladi.
SHunday qilib, tizimli yondashuv psixologiya va muxandislikning turli usullari bilan birga, faoliyat jarayonining asosiy psixologik qonuniyatlari, shaxsning tuzilishi va huquqiy normalar tizimining o‘zaro ta’sirini etarlicha chuqur tahlil etish va aniqlashga, ushbu o‘zaro ta’sirning barcha ishtirok etuvchi elementlarini inobatga olgan holda aniq tavsiflash va muhim xususiyatlarini ajratishga imkon beradi.
Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari. Birinchi guruhga qiyosiy, longityud va majmua metodlari kiradi. Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o‘zini kuzatish (introspektsiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so‘rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi. Psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to‘liqroq holatda ko‘rib chiqamiz.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling