Kasbiy psixologiya fanindan seminar ishlanma ta’lim yo‘nalish(lari)


Download 0.76 Mb.
bet11/54
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1571635
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
СЕМИНАР ИШЛАНМА

Sotsiometriya metodi
Bu tadqiqot metodiga AQSHlik Djon Moreno asos solgan bo‘lib, kichik (birlamchi) guruh a’zolari o‘rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar YA. L. Kolominskiy va I. P. Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan variantlari, ko‘rinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali shaxslarning bir – birini tanlashi motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa, sotsiometriyaning YA. L. Kolominskiy ishlab chiqqan o‘zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida to‘la axborot berishga yordam beradi.
Faoliyat mahsulotini tahlil qilish metodi
Bu metod psixologiyada inson xotirsi tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo‘llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, modellar, to‘qigan narsalar, tikkan qo‘g‘irchoqlar, to‘qib, so‘zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruktsiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqaliularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli, texnik ijodi yuzasidanmateriallar to‘plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulining yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Teshiriluvchi bilan tekshiruvchi o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (o‘qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilankeskin tafovut qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlarito‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash mumkin. Faoliyat mahsulotlarini o‘rganish inson ruhiyatini o‘rganish metodlari ichida o‘ziga xos o‘rinni tashkil etadi. SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, inson ruhiyatini o‘rganish yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qo‘shimcha metodlardan ham foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qo‘llanilayotgan har bir metodning o‘ziga xos ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. SHu bois konkret shaxs ruhiyatini o‘rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilankifoyalanib qolish mumkin emas. SHundagina shaxs haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin.
Test metodi. Ilmiy – psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko‘ra, intellekt – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma’noni anglatadi. Bizningcha, intelekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. O‘z davrida AQSHlik psixolog F. Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari suradi.


3-mavzu. Kasb tanlash va kasbiy shakllanishning psixologik jihati

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling