Kasbiy psixologiya fanining predmeti


Download 470.53 Kb.
bet59/67
Sana18.06.2023
Hajmi470.53 Kb.
#1567111
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Bog'liq
Kasbiy psixologiya fanining predmeti

YOzib olish o`qish natijalarini mustahkamlashning asosiy usulidir. YOzib olishning asosiy turlari: reja, tezislar, konspekt, ko`chirma va sitatalar, annotatsiyalar, referat, retsenziyalardir. Har kimning o`z fikrini va keyin, masalan, retsenziya yoki referatlarda foydalanishi mumkin bo`lgan masalalarni yozib olish alohida o`rin egallaydi.
Sitata olish (latincha ―sito‖- ―guvohlikka chaqiraman‖ so`zidan olingan). Sitatalarni bir xil formadagi ayrim varaqlarga yoki alog`ida kartochkalarga ko`chirib olish qulayroq. Sitatalar munozarada ajoyib guvoh, ma‘lumot olish



1 В.Чорнолуцкий. Техника записи чтения, 1927.М.
uchun mo``tabar manba. Ammo bu ma‘lumotlarni quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilib yozib olish kerak: a) eng muhim, yakun ma‘lumotlarni yozib olish, shu bilan birga kontekstda olib ko`rsatish kerak: b) butun-butun jumlalarni yoki abzatslarni yozib olish; v) sitatalarni qo`shtirnoqqa olish, yoniga chizma qo`yish; g) ularning manbalarini ko`rsatish (umumiy manba avval boshda ko`rsatilgan bo`lsa, faqat sahifasi yoziladi). Sitatada avtorning uslubi, punktuatsiyasi va shrift ajratmalari saqlanadi.
Tezis tuzish (grekcha ―tezo‖-―tasdiqlayman‖ so`zidan olingan). Murakkab tezislarda nimaning tasdiqlanishigina emas, uning nima bilantasdiqlanishi hamisbot etiladi. Tezislar da‘vo yoki inkorning mavhum qat‘iy ifodalarida ta‘riflab beriladi. Tezislar munozara uchun asos sifatida ilgari suriladi. Har bir tezisda bitta asossiy fikr bo`ladi.
Reja tuzish. Asarning oddiy yoki murakkab rejasi shundan iboratki, matn mantiqiy jihatdan bo`lgan ayrim qismlarga – sarlovhalarga bo`linadi, matnning har bir qismi nimadan bahs etishini sarlovhalar qisqacha va aniq ta‘riflab beradi. Kitobning b, bo`limning mundarijasi va shu kabilar rejaga asos bo`lib xizmat qila oladi. Rejada sarlavhalar savol shaklida ko`rsatilishi yoki nima to`g`risida gap ketayotgani ko`rsatiladi. Rejaning tuzilishi- asarning tuzilishi; predmet rejasi yoki mantiqiy reja- masalalarning tematik yoki yig`indi reja (bir necha asarni o`rganish asosida tuziladi), konspekt reja farqlanadi. Allaqachon o`qilgan manbaning rejasini ko`zdan kechirish esdan chiqib qolganday ko`rinadigan narsani xotiraga keltirishga yordam beradi.

Download 470.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling