Kasbiy psixologiya fanining predmeti


Download 470.53 Kb.
bet60/67
Sana18.06.2023
Hajmi470.53 Kb.
#1567111
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
Bog'liq
Kasbiy psixologiya fanining predmeti

Konspekt tuzish (latincha ―konspektus‖- ―obzor‖ so`zidan olingan). O`rganilayotgan manbaning rejasiga qarab uning ideyasi va asoslash jarayoni yozib olinadi, ya‘ni sarlavhalar, sarlavha ostidagi sarlavhachalar, tezislar, sitatalar, qo`shimcha ma‘lumot va belgilar, xulosalardan foydalanib, o`qilgan narsaning mohiyatini bir-biriga bog`lab, ammo bo`lib-bo`lib bayon qilish zarur. Konspektda faktlar ham, sxemalar ham, chizmalar ham, ro`yxatlar ham, boshqa materiallar ham bo`lishi mumkin. Konspektning titul varag`ida manbaning
oxirgi qismidagi ma‘lumotlar, konspekt tuzishning boshlangan va tamomlangan sanalari yozilishi kerak.
Annotatsiya tuzish. Kitob yoki maqolaning asosiyfikrlari annotatsiyada qisqacha bayon qilib beriladi, ulardan foydalanish mumkinligi ko`rsatib qo`yiladi. Kichkina maqola shaklidagi asarga qisqacha baho beriladi. Annotatsiya –xarakteristika kitobining mukammal mazmuninibayon qiladi va avtor to`g`risida ma‘lumot beradi. Annotatsiyalar odatda ―O`qilgan va ko`zdan kechirilganadabiyot daftarlari‖ degan maxsus daftarlarga yozib olinadi.
Taqriz yozish (retsenziya) o`qilgan narsaga baho berish va mazmunini qisqacha ko`rsatib qo`yishdan iborat. Taqriz-o`qilgan narsadan xulosa chiqarish, yakunlash demakdir.
Referat (latincha ―refe‖-―ma‘ruza qilaman, ma‘lum qilaman‖ so`zlaridan olingan) biror masalaning bir yoki bir necha asar ideyasining mohiyatini yozma bayonqilib berish yoki og`zaki ma‘ruza qilish demakdir. Referatning kirish qismi, asosiy mazmuni va xulosasi tafovut qilinadi. Hajmi 15-20 sahifadan iborat bo`ladi. Referat tuzishga vaqt ham, bir talay mehnat ham ketadi. Referat yozishuchun hamma kitoblarni ko`rib o`tirmasdan, eng zarur kitoblarni tanlab olish kerak.
Ko`chirma va naqllar kitoblardan yozib olishning eng ko`p tarqalgan turidir.Ko`chirma va naqllar so`zma-so`z bo`lishi (sitatalar) yoki o`z so`zlari bilan bayon qilinishi mumkin.Bunda xayolni band qilgan, ko`ngilni maftun etgan fikrni uyg`otgan, muayyan harakatga undagan narsalar ko`proq yozib olinadi. Ko`chirmalar odatda kartochkalarga yozib olinishi maqsadga muvofiq.

Download 470.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling