Kasbiy psixologiya fanining predmeti


FAN BO‟YICHA IZOHLI LUG`AT


Download 470.53 Kb.
bet61/67
Sana18.06.2023
Hajmi470.53 Kb.
#1567111
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
Bog'liq
Kasbiy psixologiya fanining predmeti

FAN BO‟YICHA IZOHLI LUG`AT


Aqliy ish qobiliyati - aqliy mehnatning biror turini bajarish uchun zarur bo‘lgan jismoniy va psixik funksional imkoniyatlar yig‘indisi.
Aqliy charchash - nerv tizimining potensial energiyasining haddan tashqari ko‘p sarflanishi natijasida aqliy ish qobiliyatini pasayishi.
Amaliy faoliyat - insoniyatning ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida tabiatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati.
Bilish ehtiyojlari - bilimlarni yoki fan asoslarini o‘zlashtirishga nisbatan qondirilmagan muhtojlikni sezishdan iborat faoliyat motivi.
Bilishga qiziqish - shaxsning voqelikdagi narsa va hjodisalarni, ularning sifat hamda xususiyatlarini, o‘zaro munosabatlari mohiyatini, shuningdek, turli qonuniyatlarni bilib olishga nisbatan doimiy barqaror yo‘nalishidan iborat individual xususiyati.
Diqqatsizlik - diqqatni muayyan ob‘ektga yo‘naltira va to‘play olmaslik.
Zehni o‟tkirlik - yangi yoki murakkab nazariy hamda amaliy masalalarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini tez topa olishdan iborat aql sifati.
Ijtimoiy malakalar - ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish va jamoa orasida o‘zini tuta bilish malakalari.
Individual tajriba - har bir shaxsning o‘z hayoti davomida orttirgan tajribasi.
Industrial psixologiyasi - mehnat psixologiyasining psixologik omillarning sanoatdagi rolini o‘rganuvchi, psixologiyaning qonuniyatlariga asoslanib, mehnat unumdorligini oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.
Inertlik - faoliyatda sustkashlik ko‘rsatishdan iborat salbiy xarakter xislati.
Intizomlilik - muayyan jamoaning barcha a‘zolari uchun majbur bo‘lgan qat‘iy tartib va xulq-atvor qoidalariga tizimli ravishda rioya qilishdan iborat bo‘lgan ijobiy xarakter xislati.
Intizomsizlik - jamoat joylari, mehnat, o‘qish yoki oila jamoasining tartib qoidalariga tizimli ravishda rioya qilmaslik yoki ularni buzishdan iborat salbiy xarakter xislati.

Download 470.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling