Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Ishlab chiqarish ta‟limi metodlarini tanlash ketma-ketligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Ishlab chiqarish ta‟limi metodlarini tanlash ketma-ketligi 
1. Ishlab chiqarish ta‟limi dasturlari mazmuni didaktik tahlili. Bunda 
standart talablari asosida: 
-o„quvchilarning o„zlashtirishi zarur bo„lgan bilimlar tizimini ajratish; 
-o„zlashtirish darajasini aniqlash (tanishish, o„zlashtirish, ijodkorlik); 


63 
-bilimlar tizimini turkumlashtirish ( ilmiy fakt, hodisa, jarayon, texnik-
texnologik tushunchalar, ilmiy nazorat, qonun va qoidalar ); 
-kasbiy bilimlarni shakllantirish uchun zarur bo„lgan bilim, malaka va 
ko„nikmalar tizimini ajratish; 
-mehnat funksiyalari natijasida shakllantirilgan malaka va ko„nikmalarni 
tahlil etish; 
-o„quvchilardan ma‟naviy-ma‟rifiy xususiyatlarni shakllantirishga oid o„quv 
materiallarini tanlash va baholash; 
2. Kasbning istiqboli va bu bilan bog„liq bo„lgan talablar tahlilida kasb 
egasiga qo„yiladigan talablar, uning boshqa kasb bilan o„rnini almashtira olish 
imkoniyati, kasbiy faoliyatining istiqboli va shunga o„xshash kelajak bilan bog„liq 
masalalar. 
3. Kelajakdagi kasbiy faolliyat sharoiti tahlili. Bunda ishlab chiqarish turi 
(shaxsiy, kichik seriyadagi yoki yirik seriyadagi ishlab chiqarish), mehnatning 
tashkil qilinganlik sharoiti, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashgan yoki 
avtomatlashtirilgan darajasi. 
4. Didaktik tahlil natijasini hisobga olish, ya‟ni ishlab chiqarish dasturi 
mazmunidan kelib chiqadigan didaktik maqsad: o„quvchilarning o„quv-o„rganish, 
o„quv-ishlab chiqarish faoliyati jarayonida qo„yilgan maqsadlarga erishish uchun 
zarur bo„lgan talablarni bajarish va o„quvchilarning mustaqil ishlay olishiga 
erishish. 
5. Asosiy didaktik maqsadlarga erishishni belgilash (ta‟limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi). 
6. Tayyorlanayotgan bo„lajak kasb egalarining kasbiy faoliyati sharoitida va 
bu kasbning istiqbolda rivojlanishini tashkil etib hisobga olish (kasbiy zarur 
bo„lgan ijobiy sifat belgilari, bilim, malaka va ko„nikmalar ro„yxati). 
7. Ishlab chiqarish ta‟limi darajalarining aniq maqsadlarini shakllantirish, 
ifodalash. 
8. Uyga berilgan topshiriqni tekshirish. O„quvchilar bilimi va ko„nikmalar 
darajasini tekshirishning bu metodi butun tekshirish sistemasida asosiy 
metodlaridan biri hisoblanadi. 
Psixologlarning tasdiqlashlaricha, o„quv materialini kitob bo„yicha yoki 
o„qituvchining so„zlaridan eslab qolish yo„li bilan bir marta ishlab chiqilganda, 
hatto kuchli o„quvchilar ham uning taxminan 70-75 % ini yaxshi o„zlashtirishga 
muvaffaq bo„ladilar. Demak, uyga berilgan topshiriqlarni tekshirish, nazorat ning 
boshqa metodlari bilan bir qatorda, o„quv materialini o„zlashtirish sifatini 
oshirishda hal qiluvchi axamiyatga egadir. 
Uyga berilgan vazifalarni tekshirish vaqtida faqat bir metodga ko„proq 
e‟tibor berish va boshqa samaraliroq metodlarni inkor etish yaxshi natijalarga olib 
kelmaydi.
9. Amaliy-laboratoriya ishlarini tekshirish. Amaliy –laboratoriya ishlari 
ta‟lim metodi sifatida o„quvchilarda mustaqillik darajasi, topshiriqlarning to„g„ri 
bajarilganligini, bajarilgan o„lchovlar, tuzilgan eskizlar, chiqarilgan xulosalarning 
to„g„riligini tekshiradi va qayd qiladi. 


64 
Shunday qilib amaliy-laboratoriya ishlari jarayonida o„qituvchining 
tekshirishi 
natijasida 
aniqlangan 
ma‟lumotlar va tayyorlangan yozma 
hisobotlarning natijalarini butun guruh ishtirokida muhokama qilish, yo„l qo„yilgan 
kamchiliklarni ko„rsatib o„tish va umumlashtirish zarur.
Texnik vazifalarni hal qilishni tekshirish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling