Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Kasb ta‟limining amaliy o„qitish metodlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Kasb ta‟limining amaliy o„qitish metodlari
Amaliy metod deganda o„quv materialini mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida o„zlashtirishning shakllari tushuniladi. Ishlab chiqarish ta‟limida bu metodga ish usullari, mehnat operatsiyalari, kompleks ishlar va vazifalari bajarishda mustaqillikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar, trenajerga oid mashqlar, laboratoriya-amaliy ishlariga esa texnologik jarayonni boshqarish mashqlari kiradi. Mashqlar metodi- ko„nikma va malakalarini shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida muayyan harakatlarni ko„p marta takrorlashdir. Ishlab chiqarish ta‟limidagi mashqlarga asosan quyidagi talablar qo„yiladi, mashqlarni o„quvchilar ongli va maqsadga muvofiq yo„sinda bajarishlari; mashqlar metodikaga asoslanishi, tizimli, izchil, uzluksiz bo„lishi va takrorlanishi; o„quvchilarning ishdagi mustaqilligi muntazam rivojlanib borishi kerak. Mashqlarni o„rganilayotgan barcha mehnat jarayonlari yuzasidan emas, balki o„quvchilarning o„zlashtirishi uchun ancha qiyin bo„lgan jarayonlarga nisbatangina tadbiq qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday jarayonlarga arralash va qirqish, randalash va egovlash, parchinlash va kesish, dastaki asboblar bilan parmalash va rezba qirqish hamda metallga ishlov berish vaqtidagi ishlar, avtomobil, traktor va boshqa qishloq xo„jalik texnikasini boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. Mashqlar jarayonida mehnat va hunar usullarini bajarishning sifatli bo„lishiga, o„quvchilar faoliyatini sinchiklab nazorat qilishga etibor berish kerak. Mehnat va kasb usullari va jarayonlari o„zlashtirish maqsadida mashqlarni bajarish 61 sohasida o„z-o„zini nazorat qilish uchun qaytish aloqasi prinsipiga ta‟sir qiladigan uncha murakkab bo„lmagan xilma-xil moslamalardan: to„g„rilagich, andazalar, asboblar, ularga montaj qilingan datchiklardan, asboblar va xarakatlarni muvofiqlashtirishga doir moslamalardan, avtomobil, traktorni boshqarish va xaydash qoidalarini o„rganishda trenajerlardan foydalanish katta rol o„ynaydi. Mashqlar jarayonida yuqorida sanab o„tilgan texnik vositalarni qo„llash talabalarga mehnat xarakatlarini bajarishdagi ko„pgina xatolardan xalos bo„lishga imkon beradi. Kasb usullarini bajarish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish va ish sifatini oshirishga yordam beradi. Lekin bu vositalardan uzoq vaqt foydalanish foyda o„rniga zarar etkazishi mumkin. Ular mehnat va kasb usullarini egallash vaqtida o„ziga xos mo„ljal rolini o„ynaydi, shuning uchun ham ulardan mehnat va kasb ta‟limining dastlabki bosqichlaridagina foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mehnat va kasb usullariga oid mashqlarni bajarish vaqtida quyidagi talablarga rioya qilish lozim: 1. O„quv-moddiy sharoitlar yaratilgan bo„lishi (yaxshi ishlaydigan asbob- uskunalar, moslamalar va trenajyorlarning mavjud bo„lishi). 2. Mehnat va kasb usullarining yorqin va qulay ko„rsatilishini hamda talabalarning bu usullarni to„g„ri va to„liq o„zlashtirishini ta‟minlash. 3. Bevosita kuzatish va nazorat qiladigan qurilmalardan foydalanish yo„li bilan mehnat xarakatlarini mustaqil nazorat qilish vazifasini amalga oshirish uchun yo„l-yo„riqlar berish. 4. O„quvchilarning mehnat va kasb usullarida yo„l qo„yadigan kamchiliklarga tezda barham berish yo„llari o„ylangan bo„lishi kerak. ICHT jarayonida trenirovkali, ishlab chiqarish, ishchi va maxsus mashqlarni tashkil qilish mumkin. YA‟ni, Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling