Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


malakalarini tekshirish va tadqiqot metodlarini faol izlash va (xokazo)  usullarga bo„linadi.  Nutq metodlaridan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

 malakalarini tekshirish va tadqiqot metodlarini faol izlash va (xokazo) 
usullarga bo„linadi. 
Nutq metodlaridan odatda kirish instruktaji o„tkazilayotganida, shuningdek 
talabalar ish jarayonida joriy instruktaj bilan tanishishlari davomida foydalaniladi. 
Ko„rgazmali metodlar ham kirish instruktaji uchun xosdir. Bu metod ish usullari va 
operatsiyalarini o„rganish davrida alohida ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish ta‟limi 
uchun amaliy metodlar-avvalo mashqlar g„oyat muhimdir. 
Keyingi paytlarda ishlab chiqarish ta‟limida ta‟lim berishning «faol» 
metodlari deb ataladigan ishlab chiqarishga oid amaliy o„yinlar, real ishlab 
chiqarish vaziyatini, ishlab chiqarish hujjatlarini tahlil qilish, ratsionalizatsiya 
takliflarini jamoa muhokamasida o„tkazish, o„quvchilar ishlab chiqqan original 
texnologiya jarayonlarini jamoada muhokama qilish tobora keng qo„llanilmoqda. 
Ta‟limning boshqa har qanday jarayoni singari ishlab chiqarish ta‟limi 
jarayoni ham muayyan ta‟lim vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
O„quv-ishlab chiqarish uskunalari, asboblar va moslamalar, priborlar, 
hujjatlar (o„quv va ishlab chiqarish xujjatlari), ishlov beriladigan va 
foydalaniladigan materiallar, ko„rgazmali qurollar, ta‟limning boshqa vositalari va 
hakozolar ya‟ni ishlab chiqarish jarayoni normal kechish uchun bo„ladigan va uni 
ta‟minlaydigan barcha narsalar ishlab chiqarish ta‟limi vositalari jumlasiga kiradi. 
Ishlab chiqarish ta‟limi jarayoning samaradorligi ko„p jixatdan, ba‟azan esa xal 
qiluvchi darajada ta‟lim vositalarining mavjudligi sifati va holatiga bog„liq bo„ladi. 
Endi yuqorida sanab o„tgan har bir metodni alohida ko„rib chiqamiz. 
Kasb ta‟limining og„zaki nutq metodlari 
Materialni og„zaki bayon qilish. Bu metod o„quv materialini shunday bayon 
qilishni nazarda tutadiki, buning natijasida yangi texnika, mehnat tushunchalari 
ochib beriladi. Umuman mehnat usullari va topshiriqlarini bajarish yuzasidan 
tushuntirishlar beriladi. Bu metod asosida o„quvchilarning, ustaning jonli so„zi 
yotadi, bu so„z esa talabalarga kuchli hissiy ta‟sir ko„rsatadi, ularning tasavvurini 
boyitadi, ijodiy fikr yuritishga undaydi, ko„pgina shaxsiy ijobiy sifatlarni tarkib 
toptirishga yordam beradi. 
O„qituvchi (usta) og„zaki bayon qilish jarayonida o„z yozuvlari, hisoblar
hisob-kitoblar, eskizlardan keng foydalanadi. O„quv materialini bayon qilish 
muntazam, mantiqan izchil va tugallangan bo„lishi kerak. Bunda talabalar 
materialni oson anglab olishlari uchun o„qituvchi (usta) bilan o„z tushuntirishini 


57 
o„quvchilarga savollar berish bilan bo„lib turishi, ularning o„zlashtirishini va 
diqqatini tekshirish kerak. 
Og„zaki bayon qilish metodi ayrim kamchiliklarga egadir (ba‟zi 
o„quvchilarning passivligi va ularning darslardan yaxshi o„zlashtirmasligi 
kuzatiladi), natijada o„qituvchi (usta) ko„pincha darsning o„zlashtirilishi jarayonini 
tez boshqarish imkonidan mahrum bo„lib qoladi. Bu kamchiliklarga barham berish 
uchun darsda retorik savollar berish (ya‟ni bular shunday savollarki, ularga 
o„qituvchining o„zi javob qaytaradi), shuningdek ko„rgazmali qo„llanmalarni 
namoyish qilish, texnologiya hujjatlarini, kinematik sxemalarni tahlil qilish, hisob-
kitoblar o„tkazish maqsadga muvofiqdir. 
O„qituvchi (usta) mavzuni bayon qilishni tamomlar ekan, o„quv 
materialining asosiy qoidalariga qisqacha yakun yasashi lozim. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling