Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Kasbiy ta‟lim o„qituvchilarning mashg„ulotlariga tayyorlash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy ta‟lim o„qituvchisining o„quv yiliga tayyorgarligi
Kasbiy ta‟lim o„qituvchilarning mashg„ulotlariga tayyorlash
Mashg„ulotlarga tayyorgarlik uch bosqichdan iborat, ya‟ni: 1. Perspektiv (istiqbolli) tayyorgarlik-o„quv yiliga va navbatdagi mavzusini o„tishga tayyorgarlik; 2. Mavzuni o„rganish-tayyorgarlik. Tayyorgarlikning har bir bosqichi ustozning shaxsan tayyorgarligini, o„quv material qurollarini tayyorlashni va o„quv jarayonini rejalashtirishni o„z ichiga oladi. Ustoz tayyorgarligi mazmunining asosiy masalalari. 3. Joriy tayyorgarlik- navbatdagi darsga tayyorgarlik. Kasbiy ta‟lim o„qituvchisining o„quv yiliga tayyorgarligi Shaxsiy tayyorgarligi: - kasb buyicha kasbiy tavsiflarni, amaliy kasbiy ta‟lim rejasi va dasturlarini, texnik va pedagogik adabiyotlarni o„rganish; - pedagogik konferensiyalar va ilgor tajriba maktablari ishlarida ishtirok etish; ilgor korxonalarda malaka oshirish; - o„quvchilarni kasbga yo„llash ishlarida kollejga va guruhga o„quvchilar qabulida ishtirok etish; - o„quv - ishlab chiqarish ishlaridan namunalar tayyorlash. O‘quv - moddiy jihozlashga tayyorgarligi: - o„quv darslarida, mehnat muhofazasi me‟yorlari va qoidalari talablariga mos 53 holda o„quv ustuxonalari, laboratoriyalari, o„quv ishlab chiqarish maydonchalari hamda kasbiy ta‟lim o„qituvchisi ish o„rinlarini o„quv yiliga tayyorlash; - moslamalar, jihozlar, ko„rsatmali qo„llanmalar hamda ta‟limning texnik vositalarini tayyorlash va ta‟mirlash. O‘quv jarayonini rejalashtirish: - o„quv - ishlab chiqarish ishlari ruyxati va guruhning o„quv tarbiyaviy ishlari istiqbolli rejalarini tayyorlashda, o„quv ishlab chiqarish faoliyati rejalari, vaqt (ishlab chiqish) me‟yorlari va o„quv ishlab chiqarish ishlariga texnik talablarni hamda amaliy kasbiy ta‟limning majmuaviy o„quv – metodik ta‟minoti rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; - o„quv - texnik hujjatlar, yozma yo„riqnoma hujjatlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish. Kasbiy ta’lim o‘qituvchisining mavzuni o‘rganishga tayyorgarligi Shaxsiy tayyorgarlik. Mavzu bo„yicha metodik va texnik adabiyotlar hamda axborot materiallarini o„rganish. Mavzu materiallari bo„yicha yozma yo„riqnoma hujjatlari, majmuaviy fanlararo vazifalar va uyga vazifalarni tayyorlash yoki ishlab chiqish. O„quv - moddiy jihozlashga tayyorgarligi. Mavzuning o„quv materialiga taallukli o„quv - ishlab chiqish ishlarini aniqlash, materiallar tanlash va maxsus asbob – uskunalarni tayyorlash. Mavzuni o„rganishda qo„llaniladigan o„quv - moddiy jihozlar, o„quv va texnik hujjatlarning mavjudligini tekshirish va ularni foydalanishga tayyorlash. O„quv jarayonini rejalashtirish. O„quvchilar tomonida o„rganilgan va mavzu materiali bilan bog„lik maxsus va umumkasbiy fanlarning o„quv materiallari tahlili. Mavzu materiallarini kichik mavzular va darslarga taqsimlash, darslar, darslar mazmuni va maqsadini belgilash. Mavzuni o„rganishning istiqbolli - mavzuiy rejasini tuzish. O„quvchilarning ish o„rinlari, ish turlari va h.k. lar bo„yicha almashinish jadvalini ishlab chiqish. Amaliy kasbiy ta’lim o‘qituvchisining darsga tayyorgarligi Shaxsiy tayyorgarligi. O„tilgan dars mavzui bo„yicha ilg„or tajriba materiallari, metodik va texnik adabiyotlar hamda axborotlar materiallarini o„rganish. Ish bajarish bo„yicha mehnat usullarini ko„rsatishga tayyorgarlik ko„rish. O„quv - moddiy jihozlashga tayyorgarligi. Darsda o„quv ishlab chiqarish ishlarini bajarish uchun materiallari, maxsus asbob - uskunalar va boshqa jihozlarni tayyorlash va tekshirib ko„rish. Darsda foydalanish uchun o„quv va texnik hujjatlar, ko„rsatmali qhllanmalar va ta‟limning texnikaviy vositalarini tayyorlash. 54 O„quv jarayonini rejalashtirish. Oldingi mashg„ulotlarning yakunlarini tahlil qilish, keyingi darsning mavzusi, maqsadi va mazmunini aniqlash. Darsning tuzilishi va uning har bir tarkibiy qismi bo„yicha vaqtini belgilash. Kirish yurig„ini o„tkazish mazmuni, metodlari va metodik usullarini aniqlash. Dars rejasi va kirish yo„rig„ining matnini tuzish, o„quvchilarga beriladigan uyga vazifalarni belgilash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling