Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
III-BOB. KASBIY TA‟LIMDA O„QITISHNI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
III-BOB. KASBIY TA‟LIMDA O„QITISHNI
TASHKIL QILISH ASOSLARI § 3.1. Pedagogikada o„qitish metodlarining asosiy masalalari O„qitish metodlari ta‟lim jarayonida o„qituvchi va talabalar faoliyatining yo„nalishini, o„qitish jarayoning qanday tashkil etilishi va olib borilishi hamda o„qituvchining ish xarakatlarini belgilaydi.bu metodlar o„quvchi tomonidan o„quvchilar bilim, malaka va ko„nikmalarni o„zlashtirish uchun qo„llaniladigan usullar yig„indisini o„z ichiga oladi. Ta‟lim tizimida o„qitish metodlari bilan birga «usul» va «vosita» degan atamalar ishlatiladi. Usul-ma‟lum o„quv materialini o„tishda qo„llanayotgan asosiy o„qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o„qitish metodining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko„rishdir. Vosita o„qitish metodlarini amalga oshirish uchun zarur bo„lgan yordamchi o„quv materiallari-asbob, qurol, apparat va shu kabilardan foydalanishdir. Ta‟lim metodlari o„qitish jarayonida va pedagogik tafakkurning ko„p asrlik rivojlanishi tarixida muhim o„zgarishlarga duch keladi. Pedagogikada ta‟lim metodlarini tasniflash va belgilashga bir xil yondashish mavjud emas. Ayrim mualliflar metodlarni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb xiisoblaydilar. Metod nima? Metod grekchada-izlanish yo„li, o„rganish, tushunish demakdir. O„qitish metodlari-bu o„qituvchining ishlash uslubi bo„lib, u bu uslub orqali o„quvchilarda bilim va ko„nikmalarni shakllantirishga qaratadi (M.A.Dalilov, B.B.Esenov). Babaskiy Y.K.-ta‟lim metodi ta‟lim-tarbiya maqsadiga erishishga qaratilgan o„qituvchi bilan talabalar faoliyatidir. Metod-o„qitish uslubi, o„z xarakatidir. Kasbiy ta‟limda ta‟lim metodlari didaktikaning eng asosiy kategoriyasidan xisoblanadi. Agar ta‟lim mazmuni nimaga o„qitish kerak degan savolga javob bersa, metodi esa qanday o„qitish kerak degan savolga javob beradi. Fan, texnika va ishlab chiqarish taraqqiy etib borishi munosabati bilan mehnat va kasb ta‟limi metodlari doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib bormoqda. Bu metodlarning rivojlanishi va takomillashuvi ilg„or pedagogik tajribaning to„planishi, ilmiy-metodik tadqiqotlarning kengayib va chuqurlashib borishi asosida didaktik prinsiplarning, mehnat va kasb ta‟limi sistemalarining takomillashib borishi bilan o„zaro bog„langan holda ro„y bermoqda. Ishlab chiqarish ta‟limi jarayonining eng muhim jihatlaridan biri ta‟lim metodlaridir. Ishlab chiqarish ta‟limi metodlari deganda ustoz bilan o„quvchilarning birgalikda tashkil qilingan faoliyatining shunday usullari tushuniladiki, ularning yordamida o„quvchilar amaliy bilimlarni, ko„nikma va 56 malakalarini egallaydilar, ularning kasbiy mahorati, mehnatga munosabati asoslari shakllantiriladi, aqliy va jismoniy kuchlar, ijodiy qobiliyatlari rivojlantiriladi. Ishlab chiqarish ta‟limi jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi. Ular bilim va ko„nikma manbalari jihatidan: nutqiy(tushuntirish, suxbat, yozma yo„riqnoma va hokazolar); ko„rgazmali (mehnat usullari va harakatlarini ko„rsatish, ko„rgazmali qurolllarni namoyish qilish, ekran vositalaridan foydalanish o„quvchilarning kuzatishlari va hokazo); amaliy (mashqlar, laboratoriya-amaliy ishlar); ishlab chiqarish-texnika vazifalarini hal etish; bilimlar, mehnat ko„nikmalarini; Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling