Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Instruktaj metodi
Instrutaj-ishlab chiqarish ta‟limining amaliy o„qitish jarayonida talabalarda kasbiy malaka va ko„nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mxandis-pedagog (ustaning) asosiy ish uslubi-ko„rsatmasi. 58 Instruktaj-bu tushuntirish va ko„rsatish metodlarining birgalikdagi qo„llanishidir. Metodik nuqtai nazardan instruktaj bu tushuntirish va amaliy xarakat va uslublarga birgalikda bajarishdir. Tushuntirish va ko„rsatishni birgalikda har xil ishlatish natijasida bo„lajak mutaxassislarda texnik, texnologik tushunchalarni, texnikaviy fikrlashni, mehnatni sevish, qiziqish va kasblarga mehrni tarbiyalaydi. Instruktaj tashkiliy ahamiyatga ham ega bo„lib, ko„p holda amaliy ishlarni bajarishdan oldin, ish jarayonida va ish oxirida o„tkaziladi. Instruktaj o„z navbatida: kirish instruktaji, joriy instruktaj va yakuniy instruktajlardan iborat. Kirish instruktajini mashg„ulotning tashkiliy shakliga ko„ra butun gruppaga, brigada va ayrim talabalarga amaliy ish bajarishdan oldin o„tkaziladi. Bu instruktajda-talabalarga mashg„ulot mavzusi, maqsadi aytiladi. Mashg„ulotning ta‟minoti (uskunalar, priborlar, asboblar, moslamalar, materiallar) bilan tanishtiradi va ish joylarining tashkiliy tamoyillarini aytib o„tadi; ichki bajarish ketma-ketligini tushuntiradi va bajarish uslularini ko„rsatadi; texnik va texnologik hujjatlar bilan tanishtiradi; ish jarayonida uchraydigan o„ziga xos kamchiliklarning paydo bo„lishi haqida ogohlantiradi; o„z-o„zini nazorat qilish va nazorat usullari bilan tanishtiradi; ish bajarish vaqtida havfsizlik choralariga etibor berishni tushuntiradi. Kirish instruksiyasida talabalarga zaruriy xajmdagi texnik texnolgik bilimlarni beradi. Shuning uchun ham kirish instruksiyasida oddiy dars shakllari elementlari mavjuddir, ya‟ni tushuntirish, suhbat, hikoya, kitob bilan ishlash, ko„rsatish, kuzatish va boshqalar. Chetda ishlab chiqarish ta‟limida kirish instruksiyaning katta ahamiyatga ega bo„lgani sababli bunga chuqur tayyorgarlik ko„rish va rejalashtirish kerak. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling