Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Suhbat. Bu mehnat va hunar ta‟limining shunday usulidirki, unda o„qituvchi
to„g„ri qo„yilgan savollar yordamida o„quvchilarda ilgari o„zlashtirilgan bilimlarni esga tushiradi va shu asosda mustaqil ravishda yangi bilimlar xosil qilishga undaydi. Mehnat va kasb ta‟limi metodi bo„lgan suuhbatdan yangi materiallarni o„rganish vaqtida ko„proq foydalaniladi va ilgari o„zlashtirilgan bilimlpar va amaliy tajriba uning bazasi bo„lib xizmat qiladi. O„quvchilarning yangi o„quv materialini suhbat usuli bilan o„rganishi o„quvchilardan mashg„ulotga puxta tayyorgarlik ko„rishni talab qiladi. Bu tayyorgarlik shundan iborat bo„ladiki, o„qituvchi (usta) dars rejasi tuzish vaqtida suhbatning asosiy mazmunini belgilab oladi, asosiy savollarni tuzib chiqadi, butun suhbatning borishini, o„quvchilar berishi mumkin bo„lgan javoblarning mazmunini o„ylab oladi, qisqacha kirish va yakunlovchi suhbatlarni tayyorlaydi. Talabalar suhbatining borishi jarayonida o„qituvchining savollariga javob berar ekanlar, o„zlariga ilgarigi materiallardan ma‟lum bo„lgan faktlar, qoidalarni tahlil qiladilar, yangi yakunlarni ifodalaydilar va umumiy xulosalar chiqaradilar. Kasb ta‟limi bo„yicha o„tkaziladigan mashg„ulotlar, o„quv materialining mazmuni suhbat metodidan foydalanish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Masalan, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar va asboblarni, texnologiya, mehnat jarayonlari va operatsiyalarni, mehnat planlashtirish va tashkil etishni o„rganish, qiyosiy tahlil qilish asosida talabalarning fikrlash faolligini rivojlantiradi. Ularning olgan bilimlarini etiqodga aylantiradi. Kasb ta‟limi darslarida foydalaniladigan suhbat metodining afzalligi shundaki, u talabalarning bilishga oid qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, ularning fikrini faollashtiradi, ta‟lim jarayonini jadal boshqarish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. Biroq bu metodni universal metod deb hisoblab bo„lmaydi, chunki u talabalarda mehnat ko„nikmalari va malakalarini tarkib toptirishni ta‟minlamaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling