Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Nazariy ta‟lim darsining rejasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Nazariy ta‟lim darsining rejasi 
1. Dars mavzusi - Tikuvchilikda qo„lda bajariladigan ishlar uchun 
foydalaniladigan asbob va moslamalar. 
2. Maqsad:
a) ta‟lim berish-o„quvchilarda qo„lda bajariladigan ishlar uchun zarur 
bo„lgan asbob va moslamalar ularning turlari, ishlatilishi to„g„risidagi
tushunchalar va bilimlarni shakllantirish; 
b) tarbiya berish- asbob uskunalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo„lish 
va ulardan xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda foydalanish odatini 
tarbiyalash; 
v) rivojlantirish- har bir asbob va moslamaning turini bilagn holda, ularni 
bajariladigan shunga qarab mos ravishda nomlay olish qobiliyatini o„stirish. 
3. Darsning o„quv moddiy ta‟minoti.
Darsning borishi: 
1. 
Tashkiliy qism (navbatchi tayinlash, davomatni aniqlash va o„quvchilarni 
darsga tayyorgarligini tekshirish). 
2. 
O„tilgan materialni savollar bo„yicha takrorlash: a) qo„lda bajariladigan 
ishlar uchun ish o„rni qanday tashkil etiladi? b) ish vaqtida zarur bo„ladigan 
asboblar ishchining qaysi tomonida bo„lishi kerak? v) ish davomida detal va 


52 
chala fabrikatlarni joylashtirish uchun qanday moslama zarur bo„ladi? g) 
qo„l turlarini yuajarishda qanday xavfsizlik choralariga rioya qilish kerak? 
3. 
Darsning mavzusi va ta‟lim berish maqsadini e‟lon qilish. 
4. 
Yangi materilani savollar bo„yicha o„rganish: a) qo„lda bajariladigan 
turlarda ishlatiladigan asboblar; b) qo„l ishlari, ularning turlari va vazifalari; 
v) iplar ularning turlari va ishlatilishi; g) angishvona, uning vazifasi va 
turlari; d) tikuvchilikda foydalaniladigan qaychilar, ularning vazifalari va 
turlari; e) santimetr lenta va uning vazifasi; j) pichoqli halqa, uning vazifasi; 
z) qoziqcha va ularning vazifasi. 
5. 
O„quv kinofilmini fragmentlarini namoyish qilish; «Tikuvchilikda asbob va 
moslamalardan foydalanish». 
6. 
Darslik bilan mustaqil ishlash: darslikdan foydalanib asboblarning 
o„lchamlari bo„yicha taqsimlangan talitsani chizish. 
7. 
Materialni savollar bo„yicha mustahkamlash: a) qo„lda bajariladigan ishlarda 
qanday asbob va moslamalar ishlatiladi? b) qo„l ishlarida ishlatiladigan igna, 
qaychi, angishvona va iplarning qanday turlari mavjud? v) santimetr lenta 
qanday vazifani bajaradi? g) monekli qanday vazifani bajaradi? 
8. 
Uyga vazifa: o„tilgan mavzuni o„qib, o„rganib, tikuvchilikda ishlatiladigan 
va lekollar, rasmlarini daftarga chizish, o„qib, o„rganib kelish. (Darslik) 
Adabiyoti: T.T. Truxanova «Tikuvchilmik texnologiyasi asoslari» T. 
«O„qituvchi» nashr. 1996 y. 66. 74 betlar. 
Darsni yakunlash: (darsga faol qatnashgan o„quvchilarni baholash).

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling