Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


-trenirovka (o„rganish) mashqlarini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

-trenirovka (o„rganish) mashqlarini odatda talabalarda murakkab 
bo„lmagan oddiy ishchi xarakatlarni bajarish bosqichida qo„llaniladi. Bu 
mashqlardan so„ng birorta mahsulotni tayyorlash ko„zda tutiladi. Bular payraxani 
namunaviy olish, stanokni berilgan rejimga rostlash, kesuvchi asbobni qo„l yoki 
mexanik uzatish orqali etkazish. O„rganish mashqlar tez qaytarilishi va ko„p 
martaligi bilan xarakterlanadi. 
-o„quv 
ishlab 
chiqarish 
mashqlari 
ko„nikma va malakalarni 
shakllantirishning ikkinchi va uchinchi bosqichlari asosini tashkil qiladi. Bu 
mashqlar davomida o„quvchilar metallarga ishlov berishni usul va operatsiyalarni 
o„rganiladi va amaliy natijalar tayyorlashga tayyor bo„lishadi;
-ishchi mashqlarni ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida bazaviy 
korxonalarda o„tkazishadi. Bunda o„quvchilarda yuqori darajali mustaqillik 
namoyon bo„ladi. Bu mashqlar ishlab chiqarishga qo„yiladigan texnikaviy 
talablarni bajarishga yo„naltirilgan. 
-mahsus mashqlar mehnat xarakatlarini xususiyatlarini belgilovchi malaka 
va ko„nikmalarni o„stirishga qaratilgan bo„ladi. Masalan, murakkab shaklga ega 
bo„lgan yuzalarni tokar stanokda ishlov berishda qo„l xarakatlarining aniq bo„lishi 
kerak. Bu maqsadda avval trenajyorlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo„ladi. 


62 
Mustaqil o„quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish 
Kasb ta‟limi metodi bo„lgan mustaqil ishlab chiqarish topshiriqlarini 
bajarishdan o„quvchilarning mashqlar jarayonida xosil qilgan mehnat va kasb 
ko„nikmalari, malakalarni to„la-to„kis shakllantirish, yanada takomillashtirish va 
mustahkamlash maqsadida foydalaniladi. 
Mustaqil 
o„quv-ishlab 
chiqarish 
topshiriqlarini 
bajarish 
vaqtida 
o„quvchilardan mustaqillik namunasini ko„rsatishni, ishda zarur aniqlikka, 
mehnatni tashkil etishda puxtalikka, oz jismoniy va aqliy mehnat sarflagan holda 
ishning unumli bo„lishi va unga ijodiy yondashishga rioya qilishni talab etish 
lozim. 
Mehnat bo„yicha amaliy mashg„ulotlar doirasida mustaqil o„quv-ishlab 
chiqarish topshiriqlarini bajarish darsning boshqa qismlarga nisbatan ko„p vaqt 
oladi. Binobarin, mashqulotning bu qismi talabalarning mehnat va kasb ta‟limi 
hamda tarbiyasiga oid ko„pgina masalalarni hal qilishda etakchi rol o„ynaydi.
Quyidagi shartlar mavjud bo„lgandagina talabalarning mustaqil ishlab 
chiqarish topshiriqlarini bajarishda ta‟lim-tarbiya muvaffaqiyatlariga erishish 
mumkin: 
1. Talabalar bajaradigan ishning mazmunini yaxshi tushunishlari va uni bajarish 
tartibini aniq tasavvur qilishsa;
2. Talabalar topshiriqni qanday asbob-uskunalar bilan bajarish kerakligini, 
ularning tuzilishi va ishlariga oid xususiyatlarini, ularni ish rejimiga moslash 
usullarini va ishdagi nuqsonlarining oldini olish choralarini bilishsa; 
3. Ish o„rnini to„g„ri tashkil etish, buning uchun ish va o„lchov asboblarini, 
zagotovkalarni, texnologiya hujjatlarini to„g„ri joylashtirish usullarini bilishsa; 
4. Brakning tipi xollarini, unga barham berish hamda tuzatish usullarini bilsalar; 
5. Ishni bajarishning hamma bosqichlarida uning sifatini nazorat qilishning eng 
oqilona usullaridan foydalana bilsalar; 
6. Xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariya va mehnat gigienasi qoidalariga rioya 
qilish zarurligini bilsalar. 
7. Topshiriqlarni bajarish izchilligini va uning natijalarini tahlil qila bilish va 
hulosalar chiqarishga erishsalar. 
Talabalarning o„quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish vaqtidagi 
mustaqilligi tipik ishlarni bajarish vaqtida, ya‟ni tashqi ko„rinishi jihatdan ham, 
tayyorlash texnologiyasi jihatdan ham ko„pgina umumiylikka ega bo„lgan ishlarni 
tayyorlashda ko„proq namoyon bo„lishi lozim. Bunday holda, masalan, metallni 
tiskilarda qirqish vaqtida (o„quvchilar plitada qirqishni o„rganib olganlar) 
o„qituvchi instruktaj o„tkazishni quyidagi reja asosida suhbat o„tkazish bilan 
almashtirish mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling