Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Ishlab chiqarish ta‟limi darsi rejasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Ishlab chiqarish ta‟limi darsi rejasi
1.Mavzu: Qavariq qiyshiq chiziqli yuzalarni egovlash, yuzalarni egovlashda 
uzil-kesil ishlov berish. 
Maqsad: O„quv maqsadi- o„quvchilarda qavariq qiyshiq chiziqli yuzalarni 
egovlash malakalarini shakllantirish va egovlab bo„lingandan keyin yuzalarga 
ishlov berish. 
Tarbiya berish - asbob-uskunalar va materiallarga ehtiyotlik bilan 
munosabatda bo„lish, ishda tartiblilik odatini tarbiyalash. 
Rivojlantirish - ko„z bilan chamalash va g„adir-budir yuzalarni farqlay bilish 
qobiliyatini o„stirish.
2. O‘quv ishlab chiqarish ishlari: yumaloq muhrali bolg„aning qiyshiq 
chiziqli yuzasiga ishlov berish. Bolg„a yuzasiga uzil-kesil ishlov berish. 
3. Darsning o‘quv moddiy jihozlanishi: egovlar to„plami, o„lchov asboblari, 
instruksion kartalari, chizmalar to„plami, (o„quvchilar soga qarab) Plakat va 
«Qiyshiq chiziqli yuzalarni egovlash» diafilmi. O„quvchilar soniga qarab yumaloq 
muhrali bolg„alar tayyorlash. 
Darsning borishi:
1. 
Tashkiliy qism-5 minut (o„quvchilarni safga turg„azish, navbatchining 
raporti, o„quvchilarning darsga tayyogarligini tekshirish). 
2. 
Kirish instruktaji- 35 minut. 
Mavzu va darsning maqsadini (o„quv va rivojlantiruvchi) ma‟lum qilish.
O„quvchilar bilimini tekshirish. O„quvchilarga quyidagi savollarni berish: 
Qavariq qiyshiq chiziqli yuzalarni egovlashda egovlarning qanday turlari 
qo„llaniladi. 
Ishlar qanday ketma-ketlikda bajariladi? 
Bolg„aga uzil-kesil ishlov berishda qanday asbobolar ishlatiladi? 
Qiyshiq chiziqli yuzalarni egovlash sifatini kontrol qilishning qanday 
usullari mavjud? 
3. O‘quvchilarga dars materiali bo‘yicha kirish yo‘rig‘ini o‘tkazish. Qavariq 
qiyshiq chiziqli yuzhalarga ishlov berish tartibini bayon qilish (diafilm ko„rsatish). 
Qavariq qiyshiq chiziqli yuzalarni egovlashning ketma-ketligi va asosiy 
usullarini ko„rsatish (instruksion karta muvofiq). Ehtimol tutilgan hatolarni 
ko„rsatish (shablonning profilga to„g„ri kelmasligi, harakatning ngto„g„ri 
kordinatsiyasi, egovlangan yuzaning dag„al uzil-kesil ishlanishi). 
Hatolarga yo„l qo„ymaslikning asosiy usullarini ko„rsatish. 
Egovlash sifatini kontrol qilishning asosiy metodlari; usullarini ko„rsatish. 
O„quvchilarni operatsiyalarni bajarishga ketadigan vaqt normasi bilan tanishtirish. 
Mahsulot sifatiga qo„yiladigan talablar bilan tanishtirish. Xavfsizlik 
texnikasi qoidalarini eslatish. 
4. Kirish instruktaj materialini mustahkamlash. O„quvchilarga quyidagi 
savollarni berish: 
Berilgan muhraning qiyshiq chiziqliq yuzasining egovlag„ish sifati 
aniqlansin. 
O„lchamlarning chizmaga to„g„ri kelishini aniqlash. 
Ishlov berilgan yuzaning tozaligini qanday-yaxshilash mumkin? 


51 
Berilgan zagotovkada tomonlarning paraleligini ko„z bilan chamalab 
aniqlash. 
Berilgan muhralarning qaysi biri eng toza ishlov berilganligini ko„z bilan 
chamalab aniqlash. Qaysi biriga sifatsizroq ishlov berilgan? 
Ba‟zi o„quvchilarga ko„rsatilgan usullarni takrorlashni tavsiya qilish. 
5. O‘quvchilarning mustaqil ishlari va joriy instruktaj - 5 minut. 
1. Ishning tartibi va mazmuni. O„quvchilar bolg„a muhrasi qavariq qiyshiq 
chiziqli yuzasini egovlash va unga uzil-kesil ishlov berish bo„yicha mustaqil ishni 
bajaradilar. 
2. O„quvchilarning ish o„rinlarini aylanib chiqishdan asosiy maqsad: 
2.1. Xavfsizlik texnikasi, ish o„rnini tashkil qilish qoidalariga rioya 
qilinishini tekshirish. 
2.2. Ish usullarining to„g„riligini tekshirish. 
2.3. O„quvchilarning ishlaridagi asosiy xotalarni, ularni bartaraf qilish 
usullarini ko„rsatish, kollektiv instruktaj o„tkazish. 
6. Yakuniy instruktaj – 15 minut. 
Instruktaj asosiy masalalari: o„quvchilar ishini tekshirish va qabul qilish. 
O„quvchilar yo„l qo„yigan tipik xatolarni tahlil qilish. Eng yaxshi ishlarni 
qayd etish. 
Darsda har bir o„quvchining ish yakunini e‟lon qilish. 
7. Uyga vazifa berish: yumaloq muhrali bolg„a tayyorlashning instruksion-
texnologik kartasini tuzish. 
Ishlab chiqarish ta‟limi ustasi ______________ / imzo / 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling