Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- § 3.2. Kasbiy ta‟limda faol o„qitish usullari mazmunini tanlash, amalga oshirish
Tadqiqotchilik metodi. Bu metoddan foydalanganda o„quvchilarning biror
muammoni hal qilish vaqtida eng yuqori darajaga ko„tarilgan mustaqilligiga erishiladi. Lekin o„quvchi o„z oldiga qo„yilgan muammoni hal qilish uchun uni to„la-to„kis tushunib olishi lozim. Bu esa o„quvchi ana shu muammoni mustaqil hal qilishga tayyorlanishi lozimligini bildiradi. O„quvchilarning ana shunday tayyorlanish darajasiga o„qituvchi ta‟lim jarayonida xilma-xil metodlar sistemasidan va tushuntirish-ko„rsatish tarzidagi usullardangina emas, balki bilimlarni muammoli bayon qilish va tadqiqotchilik metodini joriy qilishdagi o„tish bosqichi bo„lgan izlanishga oid suhbat metodidan ham foydalanganda erishish mumkin. O„quvchi muammoni tushunib olgandan keyin uni hal qilishga: ko„zda tutilgan natijani ifodalashga, uni amalga oshirishning eng qulay yo„llarini belgilab chiqishga, qarorni tekshirishning samarali usullarini taklif qilishga, so„ngra muammoni hal qilishga va tekshirish usulini, xulosalarini o„ylab va bayon qilishga hamda ularning to„g„riligini isbotlashga kirishadi. § 3.2. Kasbiy ta‟limda faol o„qitish usullari mazmunini tanlash, amalga oshirish O„zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy sohasidagi o„zgarishlar ta‟lim islohatlari bilan chambarchas bog„liqdir. «Ta‟lim to„g„risida» gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlariga asosan, o„xshashi yo„q, yangi turdagita‟lim turi o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi (O„MKHT) shakllandi. O„MKHT o„quv muassasalarida yuqori malakali o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limiga ega bo„lgan kichik mutahasislarni tayyorlash davlat miqiyosida dasturlashtirilmoqda. SHuning uchun ta‟liminng modellari ham sifat jihatdan o„zgarishi kerak: zamonaviy usullar, vositalar, ta‟limning shakllari va usullari ta‟lim oluchilarda quyidagi hususiyatlarni shakllantirishni ta‟minlashga qaratilgan: jarayoniy mahoratlarni; axborotlardan mustaqil foydalanish qobiliyatini; muammoni hal etishda ijodiy yondoshishni; tashkilotchilik ko„nikmalarini va hokazolar. Bo„lg„usi kichik mutahasislarni Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tayyorlash davrida ijtimoiy jihatdan ahamiyatga ega bo„lgan ushbu bilim, ko„nikma va malakalarni shakllantirish, hamda ta‟lim oluvchilarning fikrlash jarayoni va faoliyatini faollashtirish usullarini tanlash eng asosiy muammo bo„lgan va shunday bo„lib qoladi. Buning uchun pedagogik jarayon nimani anglatishini ko„rib chiqamiz. Jarayon – (lotincha prozessys so„zidan olingan bo„lib), oldinga harakat, o„zgarish degan ma‟noni anglatadi. Pedagogik jarayon – ta‟lim beruvchi bilan ta‟lim oluvchi o„rtasidagi belgilangan maqsadga erishishga yo„naltirilgan va belgilangan natijaga olib keluvchi o„zaro ta‟sir jarayonidir. Ta‟lim jarayoni bevosita quyidagilar bilan bog„liq: ta‟lim beruvchi bilan ta‟lim oluvchining o„zaro munosabatiga; ta‟lim texnologiyalariga. 67 Usul – (grekcha Metodos so„zidan olingan bo„lib, izlanish yoki bilish yo„li, nazariya, ta‟limot ma‟nosini anlatadi) konkret vazifani yechishga bo„ysundirilgan, borliqni amaliy yoki nazariy o„zlashtirish operatsiyalarining yoki yo„llarining yig„indisi. U ta‟lim texnologiyalarida zamonaviy usullar, shakllar, vositalarda muhim o„ringa ega. Ta‟lim jarayonida usullarsiz, qo„yilgan maqsadga, belgilangan mazmunni amalga oshirishga, bilish faoliyatini faollashtirishga, sezilarli natijalarga erishish mumkin emas. Usullar natijaga erishishni ta‟minlaydi. Usullar ta‟lim mazmunini amalda qo„llashni ta‟minlaydi, bunda ta‟lim beruvchi faoliyatini tashkil etish yo„li – dars berish usullaridir, ta‟lim oluvchining faoliyati esa – o„rganish usullaridir. Maqsadlar ta‟lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatida vositalar yordamida amalga oshiriladi, usullar esa, ularni amaliy bajarilishini ta‟minlaydi. O„qitish usuli – o„qitishda belgilangan maqsaddga erishish uchun ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining o„zaro bog„liq faoliiyatini tashkil eitshning tartibga solingan usulidir. Dars berish usullari – ta‟lim beruvchining faoliyatini tashkillashtirish vositasidir, o„qitish usullari esa, ta‟lim oluvchining faoliyatini tashkil qilish vositasidir. Ta‟lim maqsadlariga erishish bo„yicha o„quvchi va o„qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilish ta‟lim usullari tizimini quyidagi belgilari bo„yicha guruhlarga bo„lish mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling