Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Kitob bilan ishlash, laboratoriya usuli, mashqlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
2. Kitob bilan ishlash, laboratoriya usuli, mashqlar. Ushbu guruh usullar,
o„quvchilarning nafaqat tayyor bilimlarini o„zlashtirishi va xotirada saqlab qolishi, balki, bevosita ta‟lim beruvchining rahbarligi ostida algoritm (na‟muna) bo„yicha harakatlarni bajarish mahorati va ko„nikmalarini shakllantirishga qaratilgan reproduktiv faoliyatni ta‟minlashga xizmat qiladi. Kitob bilan ishlash usuli barcha funksiyadlarni bajaradi: ta‟lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish, asoslash. Kitob bilan ishlash usullariga quyidagilar kiradi: uning tuzilishi bilan tanishish; ko„z yugurtirib chiqish; alohida boblarni o„qish; savollarga javob qidirish; materialni o„rganish; referat yozish; qisqacha bayon tuzish; vazifa va mashqlarni yechish; test sinovlarini bajarish; materialni xotirada saqlab qolish. 2.2. Laboratoriya usuli – bu shunday ta‟lim usuliki, unda o„quvchi o„qituvchi rahbarligida oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o„tkazadi yoki amaliy vazifalarni bajaradi. Laboratoriya usulining asosiy funksiyasi – o„rgatish va rivojlantirish. Bu usulni qo„llash bilan, biz o„quvchilarda quyidagi imkoniyatlarni ta‟minlaydi: asbob-uskunalardan foydalanish ko„nikma va malakalarini egallash; mustaqil tadqiqotning yangi yo„llarini tanlash va ma‟lum bo„lganlarini tekshirish; amaliy malakalarni egallash: o„lchash va hisoblash, natijalarni qayta ishlash va ilgari olinganlari bilan taqqoslash. Ayniqsa, muammoli (tadqiqiy) laboratoriya usuli samaralidir, bunda o„quvchilar o„zlari gipotezani ilgari suradilar, uni amalga oshirish yo„lini aniqlaydilar, kerakli asbob-uskunalar va materiallarni tanlaydilar. Laboratoriya usuli murakkabdir. U, maxsus va ko„pincha qimmat uskunalar bo„lishini, o„qituvchi va o„quvchilarning puxta tayyorgarlik ko„rishini talab qiladi. Undan foydalanish juda ko„p energiya va vaqtni sarflash bilan bog„liq. Laboratoriya ishi vaqtida o„quvchilardan namoyish usuliga qaraganda ancha katta faollik va mustaqillik talab qilinadi, ular bu erda sust kuzatuvchi bo„lib emas, tadqiqotlarning qatnashchisi va bajaruvchisi sifatida harakat qiladilar. 2.3. Mashq - ta‟lim usuli bo„lib, o„tilgan materialni amaliyotda qo„llash maqsadida, reja bilan tashkil etilgan amallarni ko„p marotaba bajarishdir. Bu usulning asosiy funksiyalari: o„rgatuvchi va rivojlantiruvchi. Ushbu usulning afzalligi shundan iboratki, u, ko„nikma va malakalarni samarali shakllantirishni ta‟minlaydi, kamchiligi-motivatsion funksiyani sust bajarishdadir. Mashqlarni quyidagi turlari mavjud: maxsus; sharhlangan; yozma; og„zaki; ishlab chiqarish – mehnat; laboratoriya – amaliy. Sharhlangan mashqlar o„quv jarayonini faollashtirishga, o„quv vazifalarni ongli ravishda bajarilishiga xizmat qiladi. Ularning mohiyati shundan iboratki, o„qituvchi va o„quvchilar bajarilayotgan ishlarni sharhlaydilar, natijada ular o„zlashtiriladi va tushunib etiladi. Avval bunga eng yaxshi o„quvchilar jalb etiladi, keyin esa materialni tushuntirishda butun guruh ishtrok etadi. Sharxlangan mashqlar usuli o„quv mashg„ulotining yuqori sur‟atini ta‟minlaydi, materialni barcha o„quvchilar tomonidan ongli ravishda, mustahkam o„zlashtirilishiga yordam beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling