Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Birinchi guruh – o„quvchilarning o„zlashtirish, tushunib yetish, bilimini 
mustahkamlash bo„yicha perseptiv (Perseptiv-o„zlashtirish) ish faoliyatini 
ta‟minlaydigan, tayyor holatda o„quvchilarga bayon qilingan o„qitish va bilim olish 
usullari: 
ma‟ruza, hikoya, tushuntirish; 
namoyish, illyustratsiya, videousul. 
Ikkinchi guruh – o„quvchilarning bilimini o„zlashtirish, singdirish, 
mustahkamlash bo„yicha reproduktiv faoliyatni ta‟minlovchi, mahorat va malakani 
algoritm (namuna) bo„yicha o„qituvchilarning bevosita boshchiligida tashkil 
etishga asoslangan o„qitish va bilim olish usullari: 
kitob bilan ishlash; 
laboratoriya usuli; 
og„zaki yoki yozma, amaliy mashqlar. 
Uchinchi guruh – ta‟limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter 
beruvchi, ta‟lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta‟minlovchi dars berish va 
o„qitish usullari: 
o„quv suhbati; 
davra suhbati; 
bahs; 
miyaga hujum (breynstorming); 
ishbilarmon yoki rolli o„yin; 


68 
«pinbord»; 
baholash. 
Turtinchi guruh – o„quvchilar tomonidan muammoni tushuntirish va 
yechish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar: 
muammoli topshiriqlar usuli; 
individual (amaliy) usul; 
o„z-o„zini attestatsiya qilish; 
loyihalash usuli; 
vaziyatlarni o„rganish. 
Ta‟lim usullari guruhi mohiyati va mazmuni 
1. Ma‟ruza, hikoya, tushuntirish – o„quv materialini bayon qilish usuli 
verbal (lot.t. Verbalis – og„zaki) hisoblanadi. Odatda bu usullar namoyish, 
videousul, ko„rgazma usullari bilan qo„shilgan holda olib boriladi. Ular 
o„quvchilarning bilimini o„zlashtirish, eslab qolish va tushunishga qaratilgan 
retseptiv faoliyatni ta‟minlab beradi va o„quvchi tomonidan tayyor holda bayon 
etiladi. 
1.1. Ma‟ruza – katta hajmdagi o„quv materialni nisbatan uzoq vaqt 
davomida monologik bayon etish. Bu usulning asosiy vazifasi - ta‟lim berish, 
o„rgatishdir.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling