Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Kasbiy ta‟lim o„qituvchilarning mashg„ulotlariga tayyorlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Kasbiy ta‟lim o„qituvchilarning mashg„ulotlariga tayyorlash 
Mashg„ulotlarga tayyorgarlik uch bosqichdan iborat, ya‟ni:
1. 
Perspektiv (istiqbolli) tayyorgarlik-o„quv yiliga va navbatdagi mavzusini 
o„tishga tayyorgarlik; 
2. 
Mavzuni o„rganish-tayyorgarlik. Tayyorgarlikning har bir bosqichi 
ustozning shaxsan tayyorgarligini, o„quv material qurollarini tayyorlashni va 
o„quv jarayonini rejalashtirishni o„z ichiga oladi. Ustoz tayyorgarligi 
mazmunining asosiy masalalari. 
3. 
Joriy tayyorgarlik- navbatdagi darsga tayyorgarlik. 
Kasbiy ta‟lim o„qituvchisining o„quv yiliga tayyorgarligi 
Shaxsiy tayyorgarligi: 
- kasb buyicha kasbiy tavsiflarni, amaliy kasbiy ta‟lim rejasi va dasturlarini
texnik va pedagogik adabiyotlarni o„rganish; 
- pedagogik konferensiyalar va ilgor tajriba maktablari ishlarida ishtirok etish; 
ilgor korxonalarda malaka oshirish; 
- o„quvchilarni kasbga yo„llash ishlarida kollejga va guruhga o„quvchilar 
qabulida ishtirok etish; 
- o„quv - ishlab chiqarish ishlaridan namunalar tayyorlash. 
O‘quv - moddiy jihozlashga tayyorgarligi: 
- o„quv darslarida, mehnat muhofazasi me‟yorlari va qoidalari talablariga mos 


53 
holda 
o„quv ustuxonalari, laboratoriyalari, o„quv ishlab chiqarish 
maydonchalari hamda kasbiy ta‟lim o„qituvchisi ish o„rinlarini o„quv yiliga 
tayyorlash; 
- moslamalar, jihozlar, ko„rsatmali qo„llanmalar hamda ta‟limning texnik 
vositalarini tayyorlash va ta‟mirlash. 
O‘quv jarayonini rejalashtirish: 
- o„quv - ishlab chiqarish ishlari ruyxati va guruhning o„quv tarbiyaviy ishlari 
istiqbolli rejalarini tayyorlashda, o„quv ishlab chiqarish faoliyati rejalari, vaqt 
(ishlab chiqish) me‟yorlari va o„quv ishlab chiqarish ishlariga texnik talablarni 
hamda amaliy kasbiy ta‟limning majmuaviy o„quv – metodik ta‟minoti 
rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; 
- o„quv - texnik hujjatlar, yozma yo„riqnoma hujjatlari va baholash mezonlarini 
ishlab chiqish.
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisining mavzuni
o‘rganishga tayyorgarligi 
Shaxsiy tayyorgarlik. Mavzu bo„yicha metodik va texnik adabiyotlar hamda 
axborot materiallarini o„rganish. 
Mavzu materiallari bo„yicha yozma yo„riqnoma hujjatlari, majmuaviy 
fanlararo vazifalar va uyga vazifalarni tayyorlash yoki ishlab chiqish. 
O„quv - moddiy jihozlashga tayyorgarligi. Mavzuning o„quv materialiga 
taallukli o„quv - ishlab chiqish ishlarini aniqlash, materiallar tanlash va maxsus 
asbob – uskunalarni tayyorlash. 
Mavzuni o„rganishda qo„llaniladigan o„quv - moddiy jihozlar, o„quv va 
texnik hujjatlarning mavjudligini tekshirish va ularni foydalanishga tayyorlash. 
O„quv jarayonini rejalashtirish. O„quvchilar tomonida o„rganilgan va 
mavzu materiali bilan bog„lik maxsus va umumkasbiy fanlarning o„quv 
materiallari tahlili. 
Mavzu materiallarini kichik mavzular va darslarga taqsimlash, darslar, 
darslar mazmuni va maqsadini belgilash. 
Mavzuni o„rganishning istiqbolli - mavzuiy rejasini tuzish. 
O„quvchilarning ish o„rinlari, ish turlari va h.k. lar bo„yicha almashinish 
jadvalini ishlab chiqish.
Amaliy kasbiy ta’lim o‘qituvchisining
darsga tayyorgarligi 
Shaxsiy tayyorgarligi. O„tilgan dars mavzui bo„yicha ilg„or tajriba 
materiallari, metodik va texnik adabiyotlar hamda axborotlar materiallarini 
o„rganish. 
Ish bajarish bo„yicha mehnat usullarini ko„rsatishga tayyorgarlik ko„rish. 
O„quv - moddiy jihozlashga tayyorgarligi. Darsda o„quv ishlab chiqarish 
ishlarini bajarish uchun materiallari, maxsus asbob - uskunalar va boshqa 
jihozlarni tayyorlash va tekshirib ko„rish. 
Darsda foydalanish uchun o„quv va texnik hujjatlar, ko„rsatmali qhllanmalar 
va ta‟limning texnikaviy vositalarini tayyorlash. 


54 
O„quv jarayonini rejalashtirish. Oldingi mashg„ulotlarning yakunlarini tahlil 
qilish, keyingi darsning mavzusi, maqsadi va mazmunini aniqlash. 
Darsning tuzilishi va uning har bir tarkibiy qismi bo„yicha vaqtini belgilash. 
Kirish yurig„ini o„tkazish mazmuni, metodlari va metodik usullarini 
aniqlash. 
Dars rejasi va kirish yo„rig„ining matnini tuzish, o„quvchilarga beriladigan 
uyga vazifalarni belgilash.


55 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling