Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Suhbat. Bu mehnat va hunar ta‟limining shunday usulidirki, unda o„qituvchi 
to„g„ri qo„yilgan savollar yordamida o„quvchilarda ilgari o„zlashtirilgan bilimlarni 
esga tushiradi va shu asosda mustaqil ravishda yangi bilimlar xosil qilishga 
undaydi. 
Mehnat va kasb ta‟limi metodi bo„lgan suuhbatdan yangi materiallarni 
o„rganish vaqtida ko„proq foydalaniladi va ilgari o„zlashtirilgan bilimlpar va 
amaliy tajriba uning bazasi bo„lib xizmat qiladi. 
O„quvchilarning yangi o„quv materialini suhbat usuli bilan o„rganishi 
o„quvchilardan mashg„ulotga puxta tayyorgarlik ko„rishni talab qiladi. Bu 
tayyorgarlik shundan iborat bo„ladiki, o„qituvchi (usta) dars rejasi tuzish vaqtida 
suhbatning asosiy mazmunini belgilab oladi, asosiy savollarni tuzib chiqadi, butun 
suhbatning borishini, o„quvchilar berishi mumkin bo„lgan javoblarning mazmunini 
o„ylab oladi, qisqacha kirish va yakunlovchi suhbatlarni tayyorlaydi. 
Talabalar suhbatining borishi jarayonida o„qituvchining savollariga javob 
berar ekanlar, o„zlariga ilgarigi materiallardan ma‟lum bo„lgan faktlar, qoidalarni 
tahlil qiladilar, yangi yakunlarni ifodalaydilar va umumiy xulosalar chiqaradilar. 
Kasb ta‟limi bo„yicha o„tkaziladigan mashg„ulotlar, o„quv materialining 
mazmuni suhbat metodidan foydalanish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 
Masalan, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida ishlatiladigan mashinalar
mexanizmlar va asboblarni, texnologiya, mehnat jarayonlari va operatsiyalarni, 
mehnat planlashtirish va tashkil etishni o„rganish, qiyosiy tahlil qilish asosida 
talabalarning fikrlash faolligini rivojlantiradi. Ularning olgan bilimlarini etiqodga 
aylantiradi. 
Kasb ta‟limi darslarida foydalaniladigan suhbat metodining afzalligi 
shundaki, u talabalarning bilishga oid qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam 
beradi, ularning fikrini faollashtiradi, ta‟lim jarayonini jadal boshqarish uchun 
shart-sharoitlar yaratib beradi. Biroq bu metodni universal metod deb hisoblab 
bo„lmaydi, chunki u talabalarda mehnat ko„nikmalari va malakalarini tarkib 
toptirishni ta‟minlamaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling