Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy instruktaj
- Kasb ta‟limining ko„rgazmali metodlari Ko„rgazmali qo„llanmalarni namoyish qilish
Joriy instruktajda ustoz talabalarning amaliy ishlarni bajarish jarayonida
ularning mehnat faolliyatiga tuzatishlar kiritadi va to„g„ri bajarishga ularni yo„naltiradi. Joriy instruktaj jarayonida o„quvchilar ish faoliyatini faqat nazorat qilmasdan uni boshqarish va rejalashtirib borish kerak. Joriy instruktajda o„quvchilarning ish joylarini tashkil qilganliklarini (asboblar joylashishini, texnologik xaritalar, zagotovkalar), mehnat jarayonini amalga oshirayotgan qirralarni, kesuvchi asboblarning stanoklarda joylashishi, asboblar va detallarning mahkamlanganligini va xokazolarni kuzatadi. Yakuniy instruktaj har bir mashg„ulot mantiqiy yakunlangan bo„lishi kerak. Yakuniy instruktruktaj ham gruppali, brigadali, yakka tarzda bo„lishi mumkin. Yakuniy instruktajda tushuntirish, suhbat, ko„rsatish va namoyish etish uslublari birgalikda qo„llaniladi. 59 Kasb ta‟limining ko„rgazmali metodlari Ko„rgazmali qo„llanmalarni namoyish qilish mehnat va hunar ta‟limining o„rganilayotgan ob‟ektlarni ko„rgazmali-hissiy idrok qilishga asoslangan metodidir. Bu metod o„quv materialini bayon qilish jarayonida quyidagilarni ko„rsatishni nazarda tutadi: 1. tabiiy namunalar: mashinalar, stanoklar, mexanizmlar, moslamalar, asboblar, zagotovkalar, materiallar va xokazolar; 2. yassi va xajmdor qo„llanmalar (plakatlar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar, maketlar, modellar va hokazolar); 3. ekranli qo„llanmalar (diapozitivlar, diafilmlar, o„quv kinofillari va hokazolar). Ko„rgazmali qo„llanmalarni namoyish qilish vaqtida muayyan izchillikka amal qilish, talabalar kuzatayotgan ob‟ektni bayon qilayotgan material mazmuni bilan bog„lash kerak. Kasb-hunar ta‟limi darslarida ko„rgazmali qo„llanmalardan foydalanish metodining samarali bo„lishi quyidagi talablarga rioya qilishga bog„liqdir: 1. Ko„rgazmali qo„llanmalarni namoyish qilish vaqtida ularning barcha talabalarga yaxshi ko„rinadigan bo„lishini ta‟minlash zarur. 2. Ko„rgazmali qo„llanmalar o„quv materiali mazmunining eng muhim belgilarini aks ettirish lozim. 3. Ortiqcha kuzatish ob‟ektlari bo„lmasligi lozim, chunki ular talabalar diqqatini chalg„itishi mumkin. 4. O„qituvchi ko„rsatilayotgan narsaning talabalar tomonidan idrok etilishi jarayoniga aniq rahbarlik qilishi lozim. Mehnat usullarini ko„rsatish mehnat va hunar ta‟limining mehnat usullari, jarayonlari va ularning qismlarini o„rganish vaqtida foydalaniladigan alohida metodi bo„lib yangi mehnat ishlarini o„rganish vaqtida foydalaniladigan alohida metoddir. Yangi mehnat ishlarini o„rganish vaqtida o„qituvchi undan talabalar o„zlashtirib olishi zarur bo„lgan eng muhim mehnat usullarini alohida ajratib ko„rsatish zarur. Mehnat usulini ko„rsatishni shartli ravishda to„rt bosqichga bo„lish mumkin: 1. O„qituvchining mehnat usulini ish jarayonida ko„rsatish. 2. Mehnat usulini alohida qismlarga (ish va ish bajarishdagi xarakatlarga) ajratish va ulardan har birini sekin sur‟at bilan ko„rsatish. 3. Mehnat usulini ish jarayonida takroriy ko„rsatish. 4. Talabalarning ko„rsatilgan mehnat usulini (uning qismlarini) sinov tariqasida bajarish bilan o„zlashtirishlarini tekshirish. Mehnat usulini ko„rsatish vaqtida uning talabalarga yaxshi ko„rinadigan bo„lishini ta‟minlash zarur. Mustaqil kuzatishlar mehnat va kasb ta‟limining shunday metodidirki, u o„quvchilarning tabiiy sharoitlarda xodisalar va ishlab chiqarish jarayonlarini bevgosita idrok qilishni ta‟minlaydi. Bu metoddan texnologiya va mehnat jarayonlarining borishini, mashinalar va ularning ish rejimini o„rganish uchun, 60 stanoklar, mashinalarning ishidagi nuqsonlarni aniqlash, mehnat usullarini va ularning ayrim qismlarini o„rganish vaqtida foydalanish mumkin. Mustaqil kuzatishlar jarayon talabalarda texnologiya yoki mehnat jarayonining borishini to„g„ri va tez aniqlab olishga oid ayrim ko„nikmalar va malakalarnigina emas, balki bir-biriga o„xshash xususiyatlar, hodisalar, faktlarni guruhlarga ajratishda, ulardagi o„xshash va farq qiluvchi belgilarni topishda, xulosalar chiqarishda namoyon bo„ladigan aqliy faoliyatni rivojlantirish ham ro„y beradi. Talabalarning mustaqil kuzatishlarini quyidai sxema asosida tashkil etish va o„tkazish maqsada muvofiqdir. 1. O„qituvchining kuzatish ob‟ektlarini tanlashi. 2. Kuzatishga oid yakka tartibdagi va jamoa topshiriqlarini tayyorlash va berish (Bu topshiriqlarda kuzatish vaqtida aniqlanishi lozim bo„lgan masalar aniq ifodalangan bo„lishi lozim). 3. Bevosita kuzatishlarning bajarilishi (kuzatishni qanday olib borish, qanday sistemada va ishchilikda o„tkazish kerakligi haqida yo„l-yo„riq beriladi). 4. Kuzatish natijalarini yozma, grafik hisoblar tarzida rasmiylashtirish. 5. Kuzatish natijalarini jamoa tarzida muhokama qilish va ularga baho berish. Mehnat va kasb ta‟limi darslarida mustaqil kuzatishga oid topshiriqlar o„z murakkabligini, xususiyati va mazmuniga qarab o„qituvchi (usta)tomonidan turli muddatlarga berilishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling