Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Bu usulining samaradorlik shartlari quyidagilardan iborat
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Bu usulining samaradorlik shartlari quyidagilardan iborat: ma‟ruzaning batafsil rejasini tuzish; ma‟ruza rejasini eshittirish; rejaning har bir punktini yoritishdan so„ng qisqacha umumiy xulosa qilish; ma‟ruzaning bir qismidan boshqa qismiga (bo„limiga) o„tishida mantiqiy bog„liqlikni ta‟minlash; muammoli (problemali) bayon qilish; yozib olish zarur bo„lgan joylarni ajratish (yozdirish); ma‟ruzalarni uning alohida holatlarini batavsil tahlil qilish imkonini beruvchi seminar mashg„ulotlari va amaliy mashg„ulotlar bilan qo„shib olib borish. Ma‟ruza o„tkazishning faol uslublariga: muammoli ma‟ruzalar; ma‟ruza – konferensiyalar; konspektsiz ma‟ruzalar – fikrni so„z bilan ifodalash; mualliflik ma‟ruzalari; ma‟ruza – munozaralar; qaytar aloqa texnikasi qo„llangan ma‟ruzalar; aniq vaziyatni tahlil qilish ma‟ruzalari kiradi. 1.2. Hikoya – uncha katta bo„lmagan, tariflovchi xarakterga ega bo„lmagan, o„quv materialini monologik, hikoya qiluvchi, xabar beruvchi bayonidir. 1.3. Tushuntirish – bayon qilinayotgan materialni turli holatlarini tahlil qilish, tushuntirish, izoh berish va isbotlash yordamida o„quv materialini bayon qilish. Bu usullar birgalikda bilimni mantiqiy, tartibli, tushunarli, his-hayajonli qilib etkazish uchun qo„llanniladi. 69 1.4. Namoyish – o„quvchilarni tabiiy holatda hodisalar, jarayonlar, ob‟ektlar bilan ko„rgazmali – hissiy tanishtirish. Bu usulning etakchi vazifasi – o„qitish. Namoyishdan o„rganilayotgan hodisalar dinamikasini ochib berish uchungina foydalanish mumkin. Bu usul biror narsaning tashqi ko„rinishi bilan tanishtirish, uning ichki tuzilishi yoki shunga o„xshash narsalar qatoridagi o„rni bilan tanishtirishga xizmat qilishi mumkin. Namoyish usulining ta‟limiy funksiyasi samaradorligini ta‟minlash quyidagilaga bog„liq: ob‟ektlarni to„g„ri tanlash; o„quvchilar diqqatini namoyish qilinayotgan hodisalarning muhim taraflariga yo„naltirish; namoyish jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, o„quvchilar namoyish qilinayotgan ob‟ektlarni nafaqat ko„z bilan ko„ra bilishlari, iloji bo„lsa, ularni barcha sezish a‟zolari bilan qabul qilishlari lozim; o„quvchilar e‟tiborini imkoni boricha ob‟ektning muhim taraflariga jalb etish; o„quvchilarga ob‟ektning o„rganilayotgan sifatlarini mustaqil o„lchash imkonini yaratish. 1.5. Illyustratsiya – hodisa, narsa, jarayonlarni tasviriy shaklda sxema, reproduksiya, yassi modellar yordamida ko„rsatishdir. Bu usulning asosiy vazifasi – o„rgatish. Illyustratsiya usulining vositasi bo„lib suratlar, jadvallar, rangli xaritalar, albomlar va atlaslar xizmat qiladi. Ko„rgazma qurollarini va illyustratsiya shakllarini tanlayotganda uning bilim olish jarayonidagi ta‟lim tarbiyaviy vazifasini, joyini va rolini puxta o„ylab ko„rmoq lozim. Tajriba shuni ko„rsatdiki, katta xajmdagi illyustratsiya materiallari o„quvchini o„rganilayotgan hodisalarning tub mohiyatini aniqlashdan chalg„itadi. Illyustratsiyalarni oldindan tayyorlab qo„yiladi va ulardagi o„qitish jarayonida kerak bo„lgandagina ko„rsatiladi. 1.6. Videousul – axborotni ko„proq ko„rgazmali o„zlashtirishga asoslangan bo„lib, unda kineskop, kodoskop, proektor, kinoapparat, o„quv televideniesi, videomagnitofon, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompyuterlardan foydalaniladi. O„quv jarayonida videousuldan foydalanish, ta‟lim - tarbiyaviy vazifalarni unumli yechishini ta‟minlaydi, ya‟ni: Yangi bilimlarni bayon etish, ya‟ni juda sekin kechadigan jarayonlar bilan tanishish, bevosita kuzatish mumkin bo„lmagan (o„simliklar o„sishi, suyuqlikda diffuziya hodisasi va h.k.), shuningdek, tez sodir bo„ladigan jarayonlar, bevosita kuzatishlar hodisalarning mohiyatini ochib bera olmagan holda (qayishqoq tanalarning urilishi, moddalarning kristallanishi va h.k.) qo„llaniladi; Murakkab mexanizmlar va mashinalarning ishlash tamoyillarini dinamikada tushuntirish; Turli xil ish faoliyatini bajarish algoritmini tushuntirish; Chet tili darslarida o„ziga xos til muhitini yaratish; Videohujjatlarni taqdim etish; Mashq qilish ishlarini bajarish, jarayonlarni modellashtirish, kerakli o„lchamlarni olib borish; O„quv-mashq va tadqiqot ishlarini olibborish uchun ma‟lumotlar bazasini (bankini) yaratish; Ta‟limni tashkil qilishga differensiyalashgan yondoshuvni tashkil qilish va b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling