Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
Izlanishga
oid suhbat o„tkazish. Bu metoddan foydalanganda o„quvchilarning ishlab chiqarish ta‟limi va mehnat darslarida o„quv materialini o„zlashtirishdagi mustaqilligi ortadi. Mehnat va kasb ta‟limiga oid bu metodning mohiyati shundaki, o„qituvchi o„quv materialini bayon qilganda vaqti-vaqti bilan so„zini bo„lib, o„quvchilarga: «Siz tadqiqotchining o„rnida bo„lganingizda, bu muammoni qanday hal qilgan bo„lar edingiz?»-degan savol bilan murjaat qiladi. O„quvchilar muammoni hal qilishga oid o„z variantlarini, ba‟zan juda sodda va unchalik mukammal bo„lmagan variantlarni taklif etadilar. Lekin bu metodik usulning butun ahamiyati shundaki, o„quvchilar o„qituvchini (ustani) zo„r qiziqish bilan kuzatib boradilar, voqealarning bundan keyingi jarayonini o„zlaricha oldindan ko„radilar va o„qituvchi ularga savol berib murojaat qilishi bilanoq, izlanishga kirishib ketish uchun tayyor turadilar. Masalan, o„quv ustaxonasidagi slesarlik stanoklarida bajariladigan ishlarni (metallni qirqish, egovlash va xokazolar) o„rganishga kirishilar ekan, o„qituvchi mavzuni o„quvchilarga tayyor holda bayon qilib bermay, balki ularning fizika kursida qattiq jismlar, pona va xokazolarning xossalari haqidagi bilimlarga tayanadi, o„quvchilar oldiga yangi muammo qo„yib, uni quyidagicha ifodalaydi: «Nima uchun metalldan tayyorlangan slesarlik zubilos, egov, qaychi va boshqa qirqish asboblari metallni qirqa oladi?» Agar o„qituvchi bu mavzularni oddiygina qilib: «Metallni qirqish», «Metallarni egovlash» va xokazo tarzda bayon qilganda, bu o„quvchilarda darsga bo„lgan qiziqishni, hissiy ko„tarinkilikni vujudga keltirmaydi, chunki ijodiy fikrlash va qo„yilgan savollarga mustaqil javob izlashga zarurat bo„lmaydi. Bu mavzularni muammoli shaklda ifodalash o„quvchilarda alohida qiziqish o„yg„otadi, chunki unda o„quvchilar hal qilishi lozim bo„lgan ziddiyat elementi mavjuddir, bir qarashda bir metall bilan boshqa bir metallni qirqish mumkin, degan gapni tasdiqlash g„alati tuyulishi mumkin. Lekin xuddi ana shu ziddiyat o„rganilayotgan metallning asliy mohiyatini, o„quvchilar diqqatini jalb qilishi lozim bo„lgan mohiyatini (asbobsozlikda ishlatiladigan va ko„p tarqalgan po„latlarning markalari va fizik-mexanik xossalari, ularni termik ishlash, qirquvchi asboblarning burchaklari (geometriyasi) va ularning ishlov berilayotgan metallning qattiqligiga va boshqa xossalariga bog„liqligi va hokazolarni) bilib olishga yordamlashadi. Shunday qilib, izlanishga oid suhbatdan mehnat va kasb ta‟limi metodi sifatida foydalanish o„quvchilar faoliyatini jadallashtirishga olib keladi. Shuning uchun ham bu metod ko„pincha qisman izlanish metodi deb ataladi. O„quvchilar 66 uchun bu metod qulay bo„lib, tadqiqotchilik metodidan foydalanishda aniq zamin bo„lib xizmat qiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling