Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi
-trenirovka (o„rganish) mashqlarini
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- -ishchi mashqlarni
- Mustaqil o„quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish Kasb ta‟limi metodi bo„lgan mustaqil ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish
-trenirovka (o„rganish) mashqlarini odatda talabalarda murakkab
bo„lmagan oddiy ishchi xarakatlarni bajarish bosqichida qo„llaniladi. Bu mashqlardan so„ng birorta mahsulotni tayyorlash ko„zda tutiladi. Bular payraxani namunaviy olish, stanokni berilgan rejimga rostlash, kesuvchi asbobni qo„l yoki mexanik uzatish orqali etkazish. O„rganish mashqlar tez qaytarilishi va ko„p martaligi bilan xarakterlanadi. -o„quv ishlab chiqarish mashqlari ko„nikma va malakalarni shakllantirishning ikkinchi va uchinchi bosqichlari asosini tashkil qiladi. Bu mashqlar davomida o„quvchilar metallarga ishlov berishni usul va operatsiyalarni o„rganiladi va amaliy natijalar tayyorlashga tayyor bo„lishadi; -ishchi mashqlarni ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida bazaviy korxonalarda o„tkazishadi. Bunda o„quvchilarda yuqori darajali mustaqillik namoyon bo„ladi. Bu mashqlar ishlab chiqarishga qo„yiladigan texnikaviy talablarni bajarishga yo„naltirilgan. -mahsus mashqlar mehnat xarakatlarini xususiyatlarini belgilovchi malaka va ko„nikmalarni o„stirishga qaratilgan bo„ladi. Masalan, murakkab shaklga ega bo„lgan yuzalarni tokar stanokda ishlov berishda qo„l xarakatlarining aniq bo„lishi kerak. Bu maqsadda avval trenajyorlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo„ladi. 62 Mustaqil o„quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish Kasb ta‟limi metodi bo„lgan mustaqil ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishdan o„quvchilarning mashqlar jarayonida xosil qilgan mehnat va kasb ko„nikmalari, malakalarni to„la-to„kis shakllantirish, yanada takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida foydalaniladi. Mustaqil o„quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish vaqtida o„quvchilardan mustaqillik namunasini ko„rsatishni, ishda zarur aniqlikka, mehnatni tashkil etishda puxtalikka, oz jismoniy va aqliy mehnat sarflagan holda ishning unumli bo„lishi va unga ijodiy yondashishga rioya qilishni talab etish lozim. Mehnat bo„yicha amaliy mashg„ulotlar doirasida mustaqil o„quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish darsning boshqa qismlarga nisbatan ko„p vaqt oladi. Binobarin, mashqulotning bu qismi talabalarning mehnat va kasb ta‟limi hamda tarbiyasiga oid ko„pgina masalalarni hal qilishda etakchi rol o„ynaydi. Quyidagi shartlar mavjud bo„lgandagina talabalarning mustaqil ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda ta‟lim-tarbiya muvaffaqiyatlariga erishish mumkin: 1. Talabalar bajaradigan ishning mazmunini yaxshi tushunishlari va uni bajarish tartibini aniq tasavvur qilishsa; 2. Talabalar topshiriqni qanday asbob-uskunalar bilan bajarish kerakligini, ularning tuzilishi va ishlariga oid xususiyatlarini, ularni ish rejimiga moslash usullarini va ishdagi nuqsonlarining oldini olish choralarini bilishsa; 3. Ish o„rnini to„g„ri tashkil etish, buning uchun ish va o„lchov asboblarini, zagotovkalarni, texnologiya hujjatlarini to„g„ri joylashtirish usullarini bilishsa; 4. Brakning tipi xollarini, unga barham berish hamda tuzatish usullarini bilsalar; 5. Ishni bajarishning hamma bosqichlarida uning sifatini nazorat qilishning eng oqilona usullaridan foydalana bilsalar; 6. Xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariya va mehnat gigienasi qoidalariga rioya qilish zarurligini bilsalar. 7. Topshiriqlarni bajarish izchilligini va uning natijalarini tahlil qila bilish va hulosalar chiqarishga erishsalar. Talabalarning o„quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish vaqtidagi mustaqilligi tipik ishlarni bajarish vaqtida, ya‟ni tashqi ko„rinishi jihatdan ham, tayyorlash texnologiyasi jihatdan ham ko„pgina umumiylikka ega bo„lgan ishlarni tayyorlashda ko„proq namoyon bo„lishi lozim. Bunday holda, masalan, metallni tiskilarda qirqish vaqtida (o„quvchilar plitada qirqishni o„rganib olganlar) o„qituvchi instruktaj o„tkazishni quyidagi reja asosida suhbat o„tkazish bilan almashtirish mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling