Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


 Kitob bilan ishlash, laboratoriya usuli, mashqlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

2. Kitob bilan ishlash, laboratoriya usuli, mashqlar. Ushbu guruh usullar, 
o„quvchilarning nafaqat tayyor bilimlarini o„zlashtirishi va xotirada saqlab qolishi, 
balki, bevosita ta‟lim beruvchining rahbarligi ostida algoritm (na‟muna) bo„yicha 
harakatlarni bajarish mahorati va ko„nikmalarini shakllantirishga qaratilgan 
reproduktiv faoliyatni ta‟minlashga xizmat qiladi.
Kitob bilan ishlash usuli barcha funksiyadlarni bajaradi: ta‟lim berish, 
tarbiyalash, rivojlantirish, asoslash.
Kitob bilan ishlash usullariga quyidagilar kiradi: uning tuzilishi bilan 
tanishish; ko„z yugurtirib chiqish; alohida boblarni o„qish; savollarga javob 
qidirish; materialni o„rganish; referat yozish; qisqacha bayon tuzish; vazifa va 
mashqlarni yechish; test sinovlarini bajarish; materialni xotirada saqlab qolish. 
2.2. Laboratoriya usuli – bu shunday ta‟lim usuliki, unda o„quvchi 
o„qituvchi rahbarligida oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o„tkazadi yoki 
amaliy vazifalarni bajaradi. Laboratoriya usulining asosiy funksiyasi – o„rgatish va 
rivojlantirish. Bu usulni qo„llash bilan, biz o„quvchilarda quyidagi imkoniyatlarni 
ta‟minlaydi: 
asbob-uskunalardan foydalanish ko„nikma va malakalarini egallash; 
mustaqil tadqiqotning yangi yo„llarini tanlash va ma‟lum bo„lganlarini 
tekshirish; 
amaliy malakalarni egallash: o„lchash va hisoblash, natijalarni qayta 
ishlash va ilgari olinganlari bilan taqqoslash. 
Ayniqsa, muammoli (tadqiqiy) laboratoriya usuli samaralidir, bunda 
o„quvchilar o„zlari gipotezani ilgari suradilar, uni amalga oshirish yo„lini 
aniqlaydilar, kerakli asbob-uskunalar va materiallarni tanlaydilar. 
Laboratoriya usuli murakkabdir. U, maxsus va ko„pincha qimmat uskunalar 
bo„lishini, o„qituvchi va o„quvchilarning puxta tayyorgarlik ko„rishini talab qiladi. 
Undan foydalanish juda ko„p energiya va vaqtni sarflash bilan bog„liq. 
Laboratoriya ishi vaqtida o„quvchilardan namoyish usuliga qaraganda ancha katta 
faollik va mustaqillik talab qilinadi, ular bu erda sust kuzatuvchi bo„lib emas, 
tadqiqotlarning qatnashchisi va bajaruvchisi sifatida harakat qiladilar.
2.3. Mashq - ta‟lim usuli bo„lib, o„tilgan materialni amaliyotda qo„llash 
maqsadida, reja bilan tashkil etilgan amallarni ko„p marotaba bajarishdir. 
Bu usulning asosiy funksiyalari: o„rgatuvchi va rivojlantiruvchi. Ushbu 
usulning afzalligi shundan iboratki, u, ko„nikma va malakalarni samarali 
shakllantirishni ta‟minlaydi, kamchiligi-motivatsion funksiyani sust bajarishdadir. 
Mashqlarni quyidagi turlari mavjud: maxsus; sharhlangan; yozma; og„zaki; 
ishlab chiqarish – mehnat; laboratoriya – amaliy. 
Sharhlangan mashqlar o„quv jarayonini faollashtirishga, o„quv vazifalarni 
ongli ravishda bajarilishiga xizmat qiladi. Ularning mohiyati shundan iboratki
o„qituvchi va o„quvchilar bajarilayotgan ishlarni sharhlaydilar, natijada ular 
o„zlashtiriladi va tushunib etiladi. Avval bunga eng yaxshi o„quvchilar jalb etiladi, 
keyin esa materialni tushuntirishda butun guruh ishtrok etadi. Sharxlangan 
mashqlar usuli o„quv mashg„ulotining yuqori sur‟atini ta‟minlaydi, materialni 
barcha o„quvchilar tomonidan ongli ravishda, mustahkam o„zlashtirilishiga yordam 
beradi. 


71 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling