Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


III-BOB. KASBIY TA‟LIMDA O„QITISHNI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

III-BOB. KASBIY TA‟LIMDA O„QITISHNI 
TASHKIL QILISH ASOSLARI 
 
§ 3.1. Pedagogikada o„qitish metodlarining
asosiy masalalari 
O„qitish metodlari ta‟lim jarayonida o„qituvchi va talabalar faoliyatining 
yo„nalishini, o„qitish jarayoning qanday tashkil etilishi va olib borilishi hamda 
o„qituvchining ish xarakatlarini belgilaydi.bu metodlar o„quvchi tomonidan 
o„quvchilar bilim, malaka va ko„nikmalarni o„zlashtirish uchun qo„llaniladigan 
usullar yig„indisini o„z ichiga oladi. 
Ta‟lim tizimida o„qitish metodlari bilan birga «usul» va «vosita» degan 
atamalar ishlatiladi. 
Usul-ma‟lum o„quv materialini o„tishda qo„llanayotgan asosiy o„qitish 
metodi bilan birga ikkinchi bir o„qitish metodining ayrim elementlaridan 
foydalanib ish ko„rishdir. 
Vosita o„qitish metodlarini amalga oshirish uchun zarur bo„lgan yordamchi 
o„quv materiallari-asbob, qurol, apparat va shu kabilardan foydalanishdir. 
Ta‟lim metodlari o„qitish jarayonida va pedagogik tafakkurning ko„p asrlik 
rivojlanishi tarixida muhim o„zgarishlarga duch keladi. Pedagogikada ta‟lim 
metodlarini tasniflash va belgilashga bir xil yondashish mavjud emas. Ayrim 
mualliflar metodlarni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb 
xiisoblaydilar. 
Metod nima? Metod grekchada-izlanish yo„li, o„rganish, tushunish 
demakdir. 
O„qitish metodlari-bu o„qituvchining ishlash uslubi bo„lib, u bu uslub orqali 
o„quvchilarda bilim va ko„nikmalarni shakllantirishga qaratadi (M.A.Dalilov, 
B.B.Esenov). 
Babaskiy Y.K.-ta‟lim metodi ta‟lim-tarbiya maqsadiga erishishga qaratilgan 
o„qituvchi bilan talabalar faoliyatidir. 
Metod-o„qitish uslubi, o„z xarakatidir. 
Kasbiy ta‟limda ta‟lim metodlari didaktikaning eng asosiy kategoriyasidan 
xisoblanadi. Agar ta‟lim mazmuni nimaga o„qitish kerak degan savolga javob 
bersa, metodi esa qanday o„qitish kerak degan savolga javob beradi. 
Fan, texnika va ishlab chiqarish taraqqiy etib borishi munosabati bilan 
mehnat va kasb ta‟limi metodlari doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib 
bormoqda. Bu metodlarning rivojlanishi va takomillashuvi ilg„or pedagogik 
tajribaning to„planishi, ilmiy-metodik tadqiqotlarning kengayib va chuqurlashib 
borishi asosida didaktik prinsiplarning, mehnat va kasb ta‟limi sistemalarining 
takomillashib borishi bilan o„zaro bog„langan holda ro„y bermoqda. 
Ishlab chiqarish ta‟limi jarayonining eng muhim jihatlaridan biri ta‟lim 
metodlaridir. 
Ishlab 
chiqarish 
ta‟limi metodlari deganda ustoz bilan 
o„quvchilarning birgalikda tashkil qilingan faoliyatining shunday usullari 
tushuniladiki, ularning yordamida o„quvchilar amaliy bilimlarni, ko„nikma va 


56 
malakalarini egallaydilar, ularning kasbiy mahorati, mehnatga munosabati asoslari 
shakllantiriladi, aqliy va jismoniy kuchlar, ijodiy qobiliyatlari rivojlantiriladi. 
Ishlab chiqarish ta‟limi jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi. Ular 
bilim va ko„nikma manbalari jihatidan:
nutqiy(tushuntirish, suxbat, yozma yo„riqnoma va hokazolar);
ko„rgazmali (mehnat usullari va harakatlarini ko„rsatish, ko„rgazmali 
qurolllarni namoyish qilish, ekran vositalaridan foydalanish o„quvchilarning 
kuzatishlari va hokazo); amaliy (mashqlar, laboratoriya-amaliy ishlar); ishlab 
chiqarish-texnika vazifalarini hal etish;
bilimlar, mehnat ko„nikmalarini; 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling