Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/101
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#264536
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
Bog'liq
sut bo'cha

 

 

 

1.2 Sutning assortimenti va sifatiga talablar. 

Savdoga  chiqariladigan  sutning  assortimenti  xilma -xildir.  Sutlar  asosan  bir-biridan 

yog'liligi,  yog‗siz  quruq  modda  miqdori,  vitaminliligi  bilan  farq  qiladi.  Ularning 

assortimentini kengaytirish, ozuqaviy va biologik qiymatini oshirish maqsadida sutlarga qand, 

meva-rezavor, meva qiyomlari, qahva, какао va boshqa mahsulotlar qo'shiladi.    

Bugungi kunda aholiga taklif etilayotgan sutning assortimentlari quyidagilardir:  



Sof tabiiy. Sog'ib olingandan keyin  biron-bir  xomashyolar qo‗shmasdan  yog'liligi 3,2 %ga 

keltirilib, pasterizatsiya qilingan.  



Tiklangan. Purkash usuli  bilan quritilgan quruq sut suvda eritib  olingan.  Tiklangan sutni 

olish  uchun,  asosan,  suvda  tez  eriydigan  quruq  sut  ishlatish  maqsadga  muvofiqdir.  Fizik -

kimyoviy  va  organoleptik  ko‗rsatkichlari  bo‗yicha  pasterizatsiyalangan  sut  tabiiy  su tga  juda 

o`xshashdir. 

Yuqori  haroratda  qizdirilgan  (toplyonoye  moloko).  Qizdirilgan    sutga  xos  ta‘m  va  hid  aniq 

sezilib  turadi.  Bu  turini  ishlab  chiqarish  uchun  sutga  qavmoq  qo`shib  yog'liligi  6  %ga 

yetkaziladi  hamda  gomogenizatsiya  qilinadi  va  95 —99°C  da  3—4  soat  davomida  ushlab 

turiladi.  Yuqori  haroratda  ushlab  turilishi  natijasida  sutning  fizik -  kimyoviy  ko‗rsatkichiari 

biroz o‗zgaradi. 



Seroqsil.  Tarkibida  yog‗sizlantirilgan  quruq  moddalari  ko'p  bo'ladi.  Seroqsil  turi 

me`yorlashtirilgan  sutga  quruq  yoki  quyultirilgan  tabiiy  sut  qo'shib  ishlab  chiqariladi. 

Qo‗shilayotgan  quruq  sut  sifatli  bo'lishi  va  tegishli  talablarga  javob  berishi  kerak.  Ularning 

yog'liligi 2,5 % bo'ladi.  




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling