Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi
Prostokvasha (qatiq) va atsidofil mahsulotlari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
sut bo'cha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prostokvasha.
Prostokvasha (qatiq) va atsidofil mahsulotlari. Prostokvasha va atsidofil mahsulotlari keng
tarqalgan achitilgan mahsulotlar hisoblanib, ularning assortimenti ham xilma -xildir. Uning keng tarqalgan turlaridan tashqari har bir mamlakatda mahalliy turlari ham mavjud. Gurjistonda chiqariladigan natija soni, G'arbiy Yevropaning yogurt, O`zbekistonda ishlab chiqariladigan qatiqni mahalliy prostokvasha mahsulotlari qatoriga qo'shish mumkin. Prostokvasha va atsidofil mahsulotlari ishlab chiqarish sut kislotali bijg‗ishga asoslangandir.
sifatida ishlatiladi. Bunday tomizg‗ilardan tayyorlangan mahsulotlar mayin hid va ta‘mga, bir xil konsistensiyaga ega bo‗lib. nordonligi 110 C T dan oshmaydi. Tayyor mahsu lotning nordonligim_ oshirish uchun sut kislota tayoqhalari tomizg'ilaridan ham foydalansa bo‗ladi. Texnologik jarayonlarning qanday olib borilishi va tomizg'i bakteriyalarining tarkibiga qarab prostokvashalar har xil assortimentda ishlab chiqariladi. Oddiy prostokvasha pasterizatsiya qilingan sutni 30 -35°C da sut kislotasi streptokokklari tomizg‗isi qo‗shib ivitish natijasida ofinadi. Ular mayin qatiq ta‘mini beradi,
uncha quyuq emas, gazlarsiz bo‗ladi. Yog'liligi 1 %, 2,5 % va 3,2 % qilib ishlab chiqariladi, nordonliligi esa 80-110°T ni tashkil etadi. Mechnikov prostokvashasi oddiylariga qaraganda achchiqroq. nordon ta‘mlidir. Chunki tomizg‗i tarkibida sut kislotasi tayyorlashda bulg'or tayoqchalaridan foydalanishni birinchi bo‗lib taklif etganligi uchun bu mahsulot nis fiziologi N. I. Mechnikov nomi deb yuritiladi. Atsidofil prostokvashasi Mechnikov prostokvashasidan shu bilan farq qiladiki uning tomizg'isida sof sut kislotasi streptokokklari va bulg‗or tayoqchasi o‗rniga atsidofil tayoqchalari ishlatiladi. Bu prostokvashaning konsentratsiyasi sal cho‗ziluvchan, ta‘mi yoqimli nordon, tarkibida 3,2 % yog‗ bo‗ladi. Ryajenka - sut bilan qaymoq aralashmasini 95°C haroratda 3 soat davomida ushlab turilib, keyin esa 40-45°C gacha sovitilgan, sut kislotasi strepto kokklari va bulg‗or tayoqchasidan iborat tomizg‗ilar yordamida ivitilgan mahsulotdir. Uning rangi sarg‗ishoq, pishgan sut ta‘mi keladi, yog‗liligi 6%, nordonliligi 70. «Yujniy prostokvashasi» uchun ishlatiladigan tomizg‗i sut kislotasi bakteriyalari va bulg‗or tayoqchalaridan iborat bo‗lib, konsistensiyasi mayin, sal cho‗ziluvchan, ta‘mi esa nordonroqdir. Qatiq ham ryajenka singari tayyorlanadi, lekin qaymoq qo‗shilmaydi. Tarkibidagi yog' miqdori 3,2 %ni tashkil etadi. Shuningdek, prostokvashalar ishlab chiqarishda meva-rezavor sharbatlari, qiyom, xushbo‗ylantiruvchi moddalar va С vitamini kabi qo‗shimcha xomashyolar ham ishlatilishi mumkin.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling