1.2 Sutning assortimenti va sifatiga talablar.
Savdoga chiqariladigan sutning assortimenti xilma -xildir. Sutlar asosan bir-biridan
yog'liligi, yog‗siz quruq modda miqdori, vitaminliligi bilan farq qiladi. Ularning
assortimentini kengaytirish, ozuqaviy va biologik qiymatini oshirish maqsadida sutlarga qand,
meva-rezavor, meva qiyomlari, qahva, какао va boshqa mahsulotlar qo'shiladi.
Bugungi kunda aholiga taklif etilayotgan sutning assortimentlari quyidagilardir:
Sof tabiiy. Sog'ib olingandan keyin biron-bir xomashyolar qo‗shmasdan yog'liligi 3,2 %ga
keltirilib, pasterizatsiya qilingan.
Tiklangan. Purkash usuli bilan quritilgan quruq sut suvda eritib olingan. Tiklangan sutni
olish uchun, asosan, suvda tez eriydigan quruq sut ishlatish maqsadga muvofiqdir. Fizik -
kimyoviy va organoleptik ko‗rsatkichlari bo‗yicha pasterizatsiyalangan sut tabiiy su tga juda
o`xshashdir.
Yuqori haroratda qizdirilgan (toplyonoye moloko). Qizdirilgan sutga xos ta‘m va hid aniq
sezilib turadi. Bu turini ishlab chiqarish uchun sutga qavmoq qo`shib yog'liligi 6 %ga
yetkaziladi hamda gomogenizatsiya qilinadi va 95 —99°C da 3—4 soat davomida ushlab
turiladi. Yuqori haroratda ushlab turilishi natijasida sutning fizik - kimyoviy ko‗rsatkichiari
biroz o‗zgaradi.
Seroqsil. Tarkibida yog‗sizlantirilgan quruq moddalari ko'p bo'ladi. Seroqsil turi
me`yorlashtirilgan sutga quruq yoki quyultirilgan tabiiy sut qo'shib ishlab chiqariladi.
Qo‗shilayotgan quruq sut sifatli bo'lishi va tegishli talablarga javob berishi kerak. Ularning
yog'liligi 2,5 % bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |