Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
sut bo'cha
Asidofil mahsulotlari. Bu ichimliklar pasterizatsiya qilingan sutni, asosan, asidofil
tayoqchalaridan iborat tomizg‗i solib ivitish natijasida olinadi. Asidofil tayoqchalarining kislota hosil qilish xususiyati sut kislotasi bakteriyalariga nisbatan kuchli bolganligi uchun ham mahsulotlarining nordonliligi prostokvashaning nordonliligidan bir - oz ko‗proq, ya‘ni 120-130°T ni tashkil etadi. Asidofil tayoqchalari antibiotiklik xususiyatiga ega bo‗lganligi sababli ular yordamida ivitilib olingan ichimliklar sezilarli darajada davolilik xususiyatiga egadir. Bu asidofil ichimliklarga asidofil suti, pastasi, asidofilin, asidofil-achitqili sut kabi mahsulotlar kiradi. Asidofil suti — pasterizatsiyalangan sutni faqat sof asidofil tayoqchalari tomizg‗isi yordamida ivitib olinadi. Uning yog‗li, yog‗li shirin, asalli, yog‗i olingan, yog‗i olingan shirin kabi turlari ishlab chiqariladi. Shirin asidofil sutlarida qand miqdori 7 %ni tashkil etadi. Shuningdek, o‗ziga xos nordon ta‘m va sal cho‗ziluvchan konsistensiyaga ega bo‗ladi. Nordonliligi 80—130°T ni tashkil etadi. Asidofilin-bu pasterizatsiyalangan sutning asidofil tayoqchalari, sut kislotalari hamda kefir zamhuruglari tomizg‗ilari yordamida ivitish natijasida olinadi va yog‗li, yog‗i olingan,
yog‗li shirin, yog‗i olingan shirin turlari tayyorlanadi. Asidofilinning "konsistensiyasi juda zich bo‗lib, chayqatilgandan keyin ozroq gaz hosil qilib, bir xil jinsli suyuq massaga aylanadi, ta‘mi va hidi bo‗yicha qatiqqa juda yaqin, nordonliligi 75-130°T ni tashkil etadi. Asidofi achitqili sut- pasterizatsiya qilingan sutga asidofil tayoqchalari va sut achitqilari tomizg‗ilarini qo‗shib ivitish natijasida olinadi. Bu ichimlikning shifobaxshlik xususiyatlari boshqalariga nisbatan ancha yuqoridir. Mahsulot nordon, ozroq spirt ta‘mli, achitqi hidli, biroz cho‗ziluvchan konsistentsiyaga ega. Asidofil pastasi yuqori haroratda (95°C) pasterizatsiya q ilingan yoki ozroq quyultirilgan sutni 42—45°C da sof atsidofil tayoqchalari tomizg‗isi yordamida ivitib, hosil bo`lgan quyqaning zardobini chiqarib yuborish bilan olinadi. Uning ta‘mi va hidini yaxshilash uchun pastaga qand, meva qo'shimchalari, qahva, какао hamda xushbo‗ylantiruvchi moddalar qo`shiladi. Tarkibida yog‗ miqdori saxaroza 20 %, %dan ortiq bo‗lmasligi talab qilinadi. Nordonliligi 180-200T. meva xomashyolari qo‗shilganda esa 25: T ni tashkil etadi. Achchiq yem-xashak, sirka kislotasi aniq seziladigan, m og'or v a boshqa begona hidli, zardobi chiqib turgar asidofil mahsuloti sotishga ruxsat
etilmaydi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling