Kasblar olamiga sayohat


Download 314.82 Kb.
bet13/18
Sana20.11.2023
Hajmi314.82 Kb.
#1789508
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
7 sinf o‘quvchilarini uchun “kasblar olamiga sayohat” mavzusida

7 -mavzu. Shaxsiy moyillik
Mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan bilimlar berib, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. “Moyillik” tushunchasi bilan tanishtirish. O‘quvchilarning kasblar to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash.
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi: Tanlangan kasbni shaxsiy qobiliyatlari, jamiyat ehtiyojlari bilan qiyoslash, kasbiy jihatdan muhim sifatlarini to‘g‘ri baholash ko‘nikmasini tarbiyalash. Mehnatga, mehnat ahliga hurmatni tarbiyalash.
Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Kasb tanlashda o‘z qiziqish va moyilligini to‘g‘ri baholash ko‘nikmasi va ehtiyojini shakllantirish. O‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ko‘nikmasini shakllantirish.
Mashg‘ulotning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning o‘z kasbining ustasi bo‘lish va fahrli kasb egalaridan o‘rnak olish kabi xislatlarga o‘rgatish.
Mashg‘ulot uchun jihozlar: tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar
Mashg‘ulot turi: suhbat, savol-javob (test savollari bilan ishlash)
Mashg‘ulotning davomiyligi: 45 daqiqa
O‘qituvchi mavzu bo‘yicha suhbat o‘tkazadi.
Psixologiyada “moyillik” tushunchasi shaxsni muayyan faoliyatga tanlab yo‘naltirilganligi, faoliyatga jalb qilishga undash deb ta’riflanadi.
Uning asosida shaxsning biron bir faoliyatga chuqur, barqaror ehtiyoji, ushbu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘nikma va qobiliyatlarni takomillashtirish istagi yotadi. Insonning kelajakda kasb tanlashi, tanlagan kasbida muvaffaqiyatlarga erishishida kasbiy moyillikning ahamiyati juda katta.
Shaxsiy moyilliklarni baholash” metodikasi bo‘yisha test o‘tkazish.
Ko‘rsatma. O‘z-o‘zini baholash so‘rovnomasi sizning moyilliklaringizni, xususiyatlaringizni, qobiliyatlaringizni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Unda turli xil hayotiy vaziyatlar, insoniy fazilatlar, ma’lum kasbiy sohalarga bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan inson faoliyatining turlari ko‘rsatilgan. O‘zingizning moyilliklaringizni va boshqa xususiyatlaringizni turli kasbiy sohalar bilan solishtirish uchun siz quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1. Taklif qilingan variantlarni 10 balli shkalada baholang.
Agar savolda tavsiflangan sifatlar to‘liq sizga mos kelса, siz uni eng yuqori ball bilan baholaysiz - 10.
Agar sizda bu sifatlar umuman to‘g‘ri kelmasa, unda siz uni eng past ball bilan baholaysiz - 0.
Qolgan barcha boshqa ko‘rsatkishlar (1 dan 9 gasha) sizdagi ushbu sifatlarning ifoda etganligiga qarab beriladi.
Iloji boricha kamdan-kam hollarda o‘rtacha 5 ballni tanlashga harakat qiling, o‘zingizni aniqroq baholashga intiling.

Download 314.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling